Telegram Group & Telegram Channel
#34_yil_mustaqillik

Soliq qo‘mitasida Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi
munosabati bilan Soliq qo‘mitasida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda soliq xizmati rivojiga munosib hissa qo‘shgan faxriylar, Markaziy apparat, hududiy soliq organlari va qo‘mita huzuridagi tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.

Davlat mukofotlari topshirildi

Tadbir avvalida yurtimiz Prezidenti farmoniga binoan davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan soliq xizmati xodimlariga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi. Ular orasida qo‘mita raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev hamda Navoiy shahar soliq inspeksiyasining katta davlat soliq inspektori Firuza Nasirova ham bor.

Bu yuksak eʼtirof ularning uzoq yillik fidokorona mehnati, kasbiy sadoqati hamda soliq xizmatini takomillashtirish va mustahkamlash yo‘lidagi beqiyos xizmatlariga berilgan yuksak eʼtirof sifatida katta ahamiyat kasb etadi.

Faxriylarga minnatdorlik va xodimlarga eʼtibor

Shuningdek, qo‘mita rahbariyati tomonidan samarali mehnati va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan 141 nafar xodim, jumladan, soha faxriylari esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Ularning halol mehnati, yuksak masʼuliyat bilan xizmat qilishdagi fidoyiligi chuqur minnatdorlik bilan qayd etildi.

Soliq xizmatida bunday eʼtibor va eʼtirof tizim xodimlarini yana-da yuksak marralarni zabt etishga, davlat va jamiyat oldidagi burchini sidqidildan ado etishga undaydi.

Uch avlod uzviyligi – barqaror rivojlanish garovi

Tadbir soliq xizmatidagi uch avlod — kecha, bugun va ertangi kun uzviyligi ruhida o‘tdi. Bunday maʼnaviy jihatdan yuksak uchrashuvlar har bir yutuq ortida inson, uning kasbiy mahorati, boy tajribasi hamda Vatan kelajagini yana-da mustahkamlashga qaratilgan intilish mujassam ekanini yorqin namoyon etadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

group-telegram.com/soliq_Live/13795
Create:
Last Update:

BY Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliq_Live/13795

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

What distinguishes the app from competitors is its use of what's known as channels: Public or private feeds of photos and videos that can be set up by one person or an organization. The channels have become popular with on-the-ground journalists, aid workers and Ukrainian President Volodymyr Zelenskyy, who broadcasts on a Telegram channel. The channels can be followed by an unlimited number of people. Unlike Facebook, Twitter and other popular social networks, there is no advertising on Telegram and the flow of information is not driven by an algorithm. Update March 8, 2022: EFF has clarified that Channels and Groups are not fully encrypted, end-to-end, updated our post to link to Telegram’s FAQ for Cloud and Secret chats, updated to clarify that auto-delete is available for group and channel admins, and added some additional links. Again, in contrast to Facebook, Google and Twitter, Telegram's founder Pavel Durov runs his company in relative secrecy from Dubai. False news often spreads via public groups, or chats, with potentially fatal effects. Telegram does offer end-to-end encrypted communications through Secret Chats, but this is not the default setting. Standard conversations use the MTProto method, enabling server-client encryption but with them stored on the server for ease-of-access. This makes using Telegram across multiple devices simple, but also means that the regular Telegram chats you’re having with folks are not as secure as you may believe.
from cn

Telegram Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
FROM American