group-telegram.com/eduuz/38961
Last Update:
Toshkent kimyo-texnologiya institutida dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston kimyo sanoatining yetakchi korxonalaridan biri — “Maxam Chirchiq” AJda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi kafedrasi filiali tashkil etildi.
Bu yerda dual ta’lim tizimi asosida o‘quv jarayonlari olib borilib, talabalarga nazariy bilimlarni institutda, amaliy ko‘nikmalarni esa bevosita ishlab chiqarish korxonasida olish imkoniyati yaratildi.
Dual ta’lim dasturi doirasida:
— 2 tomonlama va 3 tomonlama shartnomalar imzolangan;
— o‘quv rejalari va dars jadvallari ishlab chiqilgan;
— ishlab chiqarish muhitida o‘qitish tizimi amaliyotga joriy etilgan.
Eslatma: Prezidentning muhandislik sohalarida ilm va ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishida oliy ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarida kafedralar filiallarini ochish va dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.
#Muhandislik #DualTaʼlim #TKTI #TopshiriqIjrosi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
BY Edu.uz
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/eduuz/38961
