group-telegram.com/adliyangiliklari/16192
Last Update:
#Adliya_xabari
Adliya vaziri Namangan shahridagi “Chaman” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi
Adliya vaziri Akbar Toshqulov “mahalla yettiligi” bilan oʻtkazgan uchrashuvda “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.
Namangan adliya boʻlimi boshligʻi taqdimotda uyma-uy oʻrganishlar davomida aniqlangan huquqiy muammolar, hal etilgan murojaatlar, adliya boʻlimi ish yurituviga olingan murojaatlarning qonuniy koʻrib chiqilayotganligi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga toʻxtaldi. Vazir aholini kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarga yechim topib, ularni huquqiy savodxonligini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.
Bundan tashqari, A. Toshqulov “Adliya mahalla” va “Online mahalla” platformalaridan foydalanish jarayonlari bilan tanishib, ishlarni toʻgʻri tashkil etish, xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik hamda belgilangan talablarga qatʼiy amal qilish boʻyicha koʻrsatmalarni berdi.
Shu kunning oʻzida vazir “Chaman” mahallasida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi yuzasidan mutasaddilar bilan muloqot oʻtkazdi. Hujjatda belgilangan barcha tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli tashkil etilishi boʻyicha tushuntirish va koʻrsatmalar berildi.