Telegram Group Search
So‘nggi yillarda barcha vazirlik va idoralarda ish jarayonlari va ma’lumotlarni raqamlashtirish bo‘yicha ancha ish qilindi.

Raqamli hukumat platformasi orqali davlat organlari o‘rtasida inson omilisiz ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Startaplarga o‘zining dasturiy mahsulotini Raqamli hukumat platformasiga integratsiya qilib, undagi ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berildi.

Lekin sun’iy intellektni jadal rivojlantirish uchun bularning o‘zi yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlik va idoralardagi ma’lumotlar har xil serverlarda tarqoq saqlanayotgani, ularning formatlari turlicha bo‘lgani uchun ham ishlar sust ketyapti.

Shu bois, yil yakuniga qadar vazirlik va idoralardagi 55 ta, kelasi yil qolgan barcha ma’lumotlar bazalarini Elektron hukumat yagona data-markaziga o‘tkazish topshirildi. Bundan buyon vazirlik va idoralar ma’lumotlarni o‘z serverlarida saqlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Facebook|Instagram|X
5👍3
Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi.

Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.

Bir narsani bilinglar – sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur”,

– dedi davlat rahbari.

Lekin o‘zbek tilidagi adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani, elektron shaklga o‘tkazilganlari ham har xil manbalarda saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlar Mahkamasiga barcha vazirlik va idoralarning o‘zidagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish grafigini tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish topshirildi.

2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Facebook|Instagram|X
👍3
“Sun’iy intellektni rivojlantirish faqat zamonaviy infratuzilma va algoritmlarga emas, balki malakali kadrlarga ham bog‘liq. Bu sohaning asosi – matematika va informatika. Shu bois, kadrlar tayyorlashni, eng avvalo, maktabdan boshlash kerak”,

– dedi Prezident.

Keyingi o‘quv yilidan “Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular kiritiladi. Buning uchun Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda maxsus darslik ishlab chiqiladi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha bu yil 100 nafar, keyingi yil 1 ming 300 nafar trener-o‘qituvchi tayyorlanadi. Ular esa kaskad tartibida maktab va oliygohlardagi informatika o‘qituvchilarini o‘qitadi. Har yili eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi ham boshlandi. Bu yil 100 ming, kelasi yil kamida 500 ming yoshlar o‘qitiladi.

Loyiha bilan maktab o‘quvchilarini ham qamrab olish muhimligi ta’kidlandi. Bundan buyon har yili sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlari munosib rag‘batlantiriladi.

Bunda 500 nafar yoshlar – noutbuk, 100 nafar o‘qituvchi – 1 ming dollardan mukofot, 2 ta ta’lim tashkiloti – elektromobil bilan taqdirlanadi.

Facebook|Instagram|X
8👍4😁1
Prezident soha uchun yiliga 2 ming nafar mutaxassis tayyorlayotgan oliygohlarning birortasida sun’iy intellekt laboratoriyasi yo‘qligiga e’tibor qaratdi.

Keyingi o‘quv yiliga qadar 10 ta oliy ta’lim muassasasini zamonaviy laboratoriya bilan jihozlash reja qilingan. Shu bilan birga, banklarning bittadan oliygohda, jami 9 ta shunday laboratoriya tashkil qilish tashabbusi ma’qullandi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida “tarmoq – oliygoh – hamkor” tamoyilida ishlaydigan “sun’iy intellekt klasteri” ishga tushiriladi. Keyingi o‘quv yilidan “TOP-300” talikka kirgan universitetlar bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Oliygohlarda sun’iy intellekt, fintex, kiberxavfsizlik, IT muhandislik, aerokosmik va bulutli texnologiyalar kabi yo‘nalishlar uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshiriladi. Talabalarning sun’iy intellektga qiziqishini oshirish maqsadida oliygoh jamoalari o‘rtasida sun’iy intellekt bo‘yicha umummilliy tanlov o‘tkaziladi.

Qulay ekotizim yaratilgani uchun yil boshidan mahalliy startaplarga rekord miqdorda – 264 million dollar sarmoya kiritildi. Lekin bunda sun’iy intellekt sohasidagi startaplar ulushi hali kamligi aytildi.

Shu bois, bunday startaplarni ko‘paytirish maqsadida mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan “Sun’iy intellekt sohasidagi eng yaxshi startap” tanlovini o‘tkazish taklif qilindi.

Facebook|Instagram|X
👍71
“Biz 2030-yilga borib, sun’iy intellekt bo‘yicha “TOP-50” ta davlat qatoriga kirishni maqsad qilganmiz.

Shu bois, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, “Sun’iy intellekt alyansi”ni tashkil qilamiz
”,

– deya ta’kidladi Prezidentimiz.

Ushbu alyans tarkibiga sohada samarali faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar, xorijiy ekspertlar va vatandoshlarimiz, yirik davlat korxonalari, banklar va oliygohlar kiritiladi.

Alyansning asosiy vazifalari yetakchi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va akseleratorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, o‘zimizdagi dasturlar bo‘yicha media-kontentni yaratib, xalqaro PR kampaniyalarni tashkil etish, mahalliy korxonalar va mutaxassislarning xalqaro ko‘rgazma, forum va konferensiyalardagi ishtirokini tashkil etishdan iborat bo‘ladi.

Yig‘ilishda hudud va tarmoqlar rahbarlari hisobot berdi, sohadagi startaplar asoschilari va informatika o‘qituvchilarining fikrlari tinglandi.

Facebook|Instagram|X
😁127👍3
O‘zbekiston olimlari aholining genetik xaritasini yarata boshladilar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari mamlakat tarixida ilk bor inson genlarini chuqur o‘rganish — ya’ni genlarni to‘liq o‘qish va tahlil qilish tadqiqotini amalga oshirdilar. Bu tadqiqot natijasida o‘zbekistonliklarda ilgari dunyoda noma’lum bo‘lgan o‘nlab yangi gen o‘zgarishlari aniqlandi. Olimlar topgan ma’lumotlar xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritildi va bu O‘zbekistonning jahon genomika fanidagi o‘rnini mustahkamlamoqda.

Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, tadqiqotda qatnashgan har ikkinchi bolada irsiy mutatsiya bor. Ya’ni kasallikka moyillik irsiy yo‘l bilan o‘tayotgani aniqlangan. Eng tashvishlisi, bolalarning 86 foizi hech bo‘lmaganda bitta “buzilgan” gen tashuvchisi ekani ma’lum bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich xalqaro me’yordan ikki barobar yuqori hisoblanadi. Olimlar bu holatni ayrim hududlarda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar ulushining yuqoriligi bilan izohlashmoqda. Masalan, ba’zi viloyatlarda bunday nikohlar umumiy nikohlarning choragiga yaqinini tashkil etadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/94484

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11😱4👍2
Milliy o‘zligimiz timsoli bo‘lgan jonajon o‘zbek tilimiz yanada ravnaq topsin!

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigini yo‘lladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11👍4
#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) joriy etiladi


Vazirlar Mahkamasining 656-son (17.10.2025-y.) qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Nizom bilan:

tyutorlik faoliyatining maqsad va vazifalari;

tyutorlarning huquq va majburiyatlari;

tyutorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish hamda tyutorlarga qo‘yiladigan malaka talablari;

hamda tyutorlik faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, Chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshiriladi.

2025-yilda:
har bir kurs vakillaridan iborat “Kurs qo‘mitalari” faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning muammolari va qiziqishlari doimiy o‘rganiladi;

talabalarning bildirgan fikrlari asosida “Muammolarni bartaraf etish dasturi” ishlab chiqiladi;

talabalar uchun maxsus ijtimoiy platforma va mobil ilovalar yaratiladi;

medialaboratoriyalar faoliyati tashkil etiladi;

“Yetakchi va faol talabalar maktabi” tashkil etiladi;

“Bir ziyoli — 10 talabaga ma’naviy ustoz” tizimi joriy etiladi;

musiqa va raqs ansambllari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

2025/2026-o‘quv yili davomida “O‘zbekiston Qahramonlari” darslari tashkil etiladi

2026-yilda:

🟢“Amir Temur vorislari” sport ko‘rik-tanlovini o‘tkazish nizomi ishlab chiqiladi

🟢har bir hududdagi bitta OTMda “Harbiy sport maydonchalari” tashkil etiladi;

🟢tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash indikatorlari ishlab chiqilib, reyting tizimi joriy etiladi;

🟢eng yuqori reytingga ega tyutorlarni rag‘batlantirish, eng past ko‘rsatkichli tyutorlarga jazo choralarini qo‘llash mexanizmi joriy etiladi;

🟢eng samarali faoliyat yuritgan tyutorlar xorijga tajriba almashish uchun yuboriladi;

🟢tyutorlar faoliyatini monitoring qilish imkoniyatini beruvchi raqamli platforma yaratiladi.


Bundan tashqari, har yili “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍9
#dayjest #kelajak_soatlari

Oliy ta’lim muassasalarida “Kelajak soatlari” darslari davom etmoqda

🔵 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

🔵 О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

🔵 Toshkent davlat texnika universiteti;

🔵 Termiz davlat pedagogika instituti;

🔵 Nukus davlat pedagogika instituti;

🔵 Andijon davlat chet tillari instituti;

🔵 Samarqand davlat pedagogika instituti;

🔵 Namangan davlat pedagogika instituti;

🔵 Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

🔵 O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti;

🔵 Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

🔵 Qarshi davlat texnika universiteti;

🔵 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

🔵 Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

🔵 Turon universiteti;

🔵 Toshkent davlat transport universiteti;

🔵 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

🔵 Olmaliq davlat texnika instituti;

🔵 Xalqaro innovatsion universiteti;

🔵 Milliy estrada san’ati instituti;

🔵 TDIU Samarqand filiali;

🔵 Buxoro davlat universiteti;

🔵 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

🔵 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

🔵 Andijon davlat pedagogika instituti;

🔵 Milliy rassomlik va dizayn instituti;

🔵 O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

🔵 O‘zDXA Urganch filiali;

🔵 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

🔵 Urganch davlat universiteti;

🔵 Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;

🔵 Urganch davlat pedagogika instituti;

🔵 SamDU Urgut filiali;

🔵 Farg‘ona davlat universiteti;

🔵 Geologiya fanlar universiteti;

🔵 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

🔵 Toshkent davlat tibbiyot universiteti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy markaz hamda Cambridge University Press & Assessment sizni yilning katta ta’limiy voqealaridan biri “Cambridge Day” tadbiriga taklif qiladi!

🎓 Bu – ingliz tili o‘qituvchilari, til markazi rahbarlari, universitet professorlari va ta’lim sohasidagi mutaxassislar uchun bilim va tajriba almashish, yangi metodikalar bilan tanishish hamda global tajribaga ega bo‘lish imkoniyatidir.

🗓 Sana: 8-noyabr
📍 Joy: Buxoro
Ishtirok etish: Bepul (oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur)

⭐️ Tadbir dasturi quyidagilardan iborat:

Cambridge mutaxassislari bilan mahorat darslari va seminarlar
Zamonaviy ta’lim resurslari bilan tanishuv
Sertifikat bilan taqdirlanish imkoniyati
Hamfikr o‘qituvchilar bilan netvorking

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:

➡️ Cambridge Day Uzbekistan 2025 rasmiy sahifasi

🔰 O‘qituvchi sifatida pedagogik mahoratingizni rivojlantirish va global tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ling!

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
#Olimlar_minbari
#13-18.10.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

Yangi O‘zbekiston shijoati” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;

Eng go‘zal meros” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;

Iqtisodiy sakrash yo‘liga qat’iy qadam O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi ikki baravar o‘sdi” — Qalandar ABDURAHMONOV, Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, akademik;

Yoshlar bandligi – rivojlanishning muhim omili” — Muhammadjon DADAMIRZAYEV, Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor;

Birdamlik yo‘lidagi hayotiy tashabbuslar turk dunyosi davlatlarining mavqeini yanada mustahkamlaydi” — Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat universiteti rektori, professor;

O‘zbekiston – yangi mintaqaviy tizimning asosiy me’morlaridan biri” — Botir USMONOV, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor;

Turkiy davlatlar tashkiloti: mintaјaviy formatdan – global maydonga” — Bahodir XOLIQOV, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor;

Dunyo bilan hamjihatlik – barqaror rivojlanish asosi” — Mash’al SAIDOV, Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor;

Kuzatuvchi emas, yangilanishlarning faol ishtirokchilari” — Gulnora ABDURAHMONOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, professor;

«ООН — Узбекистан: конструктивное сотрудничество с глобальным сообществом» — Мухиддин БАФАЕВ, проректор Бухарского государственного педагогического института, доцент;

Samarqand UNESСO yubiley sessiyasini o‘tkazishga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda” — Usmonjon BOʻTAYEV, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti prorektori, professor;

«Реформы в вузах – ключ к конкурентоспособности Узбекистана на мировой арене» — Отабек ЮСУПОВ, проректор Узбекского государственного университета мировых языков;

Xalqaro darajaga chiqqan milliy model” — Naim OBLOMURODOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

«Высшее образование Узбекистана перед вызовами цифровой эпохи» — Лайло АХМЕДОВА, профессор Узбекского государственного университета мировых языков;

Oliy ta’limni strategik qo‘llab-quvvatlash davrning ustuvor yo‘nalishi” — Habibjon QOʻSHIYEV, Guliston davlat universiteti professori;

Iqtisodiy barqarorlikning muhim omili” — Bakriddin ZARIPOV, Samarqand davlat universiteti professori; Sirojiddin O‘ROQOV, shu universitetning Biokimyo instituti direktori; Bo‘ston ISLOMOV, shu universitetning Botanika kafedrasi dosenti;

«От экономики ресурсов к экономике знаний: новые инициативы Узбекистана в рамках СНГ» — Сулхия ГАЗИЕВА, доцент Ташкентского государственного университета востоковедения, директор Центра устойчивого экономического развития ТГУВ;

Yashil” energiya — strategik tanlov, hayotiy zarurat” — Oʻrolboy XOLIQNAZAROV, Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti;

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍2
4️⃣4️⃣4️⃣

“ICT Competition 2025-2026 ME&CA” uchun ro‘yxatga olish jarayoni ochiq!

Huawei tomonidan O‘zbekiston talabalari 100dan ortiq mamlakat va mintaqalardan 210 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan AKT sohasida iqtidorlar almashinuvi bo‘yicha global tadbir hisoblanadigan “ICT Competition 2025/2026” tanlovida ishtirok etishga taklif etilmoqda.

Eng ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va AKT sohasida salohiyatingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 31-oktabr 2025-yil.

Havola orqali o‘ting va global bosqichda o‘zingizni namoyon etish imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot oling:
https://www.huawei.com/uz-uz/news/uz/2025/huawei-ict-competition-2025-2026-registration-launch 👈

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola👈

#ICTheFuture #DigitalTalent #DigitalEducation #DigitalUzbekistan

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Onam meni suygan kabi suydim seni,
Jon jomimga hayotim deb quydim seni.
Bu dunyoga kelib, go‘dak chog‘im ilk bor,
Onajonim allasida tuydim seni.

Cho‘lpon bobom bo‘g‘zidagi so‘zi sensan,
Qodiriyning ilhaq boqqan ko‘zi sensan.
Ey buyugim, ey ulug‘im, Ona tilim,
Mir Alisher Navoiyning o‘zi sensan.

Butun dunyo bilar sening borligingni,
Seni suygan dilga sen ham yorligingni.
Senga g‘ayri so‘zlar qo‘shib yurguvchilar,
Bilib qo‘ysin, bizga nomus-orligingni.

Til muqaddas, til o‘zgacha olam deymiz,
Til bilganni eng suyukli bolam deymiz.
Oqil farzand o‘z onasin ardoqlagay,
Ona tilim, seni bizlar Onam deymiz.

Sen muhabbat, mehrga kon, Ona tilim,
Ham g‘urur-u ham sharaf-shon, Ona tilim.
Qadrimiz, qudratimiz sen bilan baland,
Jonimiz senga fido, jon Ona tilim.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍4🔥2👏1
O‘zbek tili bayrami — milliy g‘urur va ma’naviyat timsoli

Bugun yurtimizda katta faxr va g‘urur bilan nishonlangan O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk alloma va mutafakkir hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi mas’ullari, shuningdek, oliygohlar rahbarlari, professor-o'qituvchilar, talabalar va o'quvchilaq qatnashdilar.

O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar Muqimiy, Abdulla Avloniy, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqa adiblar haykali atrofidagi oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, o‘zbek tili va adabiyoti mavzusidagi ijodiy uchrashuvlarga ulanib ketdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13
2025/10/22 02:28:28
Back to Top
HTML Embed Code: