Telegram Group Search
#Mavsumga_hozirlik
#UCHTEPA_TETK

⚡️MAVSUMGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA

❄️ 🛠 Iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish, avariya holatlarini oldini olish hamda qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan hududlardagi transformator punktlari mukammal ta’mirlanmoqda.

❄️ 🛠 Shu jumladan, Uchtepa tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan «Zarafshon» MFY hududida joylashgan TP-4752-sonli transformator punktida joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirilmoqda.

❄️ 🛠 Mazkur amaliy ishlar hudud aholisini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud infratuzilmani yangilash va tarmoqlar ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Naqdsiz hisob-kitoblar ommalashtiriladi


Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:

▪️elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar;

▪️transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar.

—————
#Новости_законодательства

Будут популяризироваться безналичные расчеты

На основании Указа с 1 апреля 2026 года платежи осуществляются исключительно посредством банковских карт или электронных платежных систем за:

▪️пользование электрической энергией, природным газом, питьевой водой;

▪️услуги по реализации населению нефтегазовой продукции посредством автомобильных заправочных станций и зарядке транспортных средств, работающих на электрической тяге.


⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Shayxontohur tumanining Aloqa koʻchasida elektr energiyasida uzilish sodir bo'lganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning, 9-dekabr kuni soat 19:14 da Shayxontohur tumani hududida joylashgan «Vistavochnaya» podstansiyasida nosozlik  yuzaga kelgan. Natijada, tumanning «Ilg‘or», «Jarariq» va «Tinchlik» MFY hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan.

Toshkent shahar elektr ta'minoti tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan zudlik bilan ushbu holat nazoratga olinib, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so'ng mazkur hudud 10-dekabr kuni soat 01:19 da elektr ta'minotiga qayta ulangan.

Ayni vaqtda, tumanning yuqorida keltirib o'tilgan manzil hududlaridagi aholi yashash xonadonlari to'liq elektr energiyasi bilan ta'minlangan
.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
🔴

🚨 Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan iqtisodiyotimiz va aholining talab hamda ehtiyojidan kelib chiqib, energetika tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda energetika tizimiga 35 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi va 9 ming megavatt yangi quvvatlar ishga tushirildi.

🚨 Natijada elektr ishlab chiqarish hajmi 2017-yildagi 60 milliard kilovatt-soatdan joriy yilda 85 milliard kilovatt-soatga yetdi. E’tiborli jihati, salkam 5 ming megavattli quyosh va shamol, 400 megavattli gidroelektr stansiyalar ishga tushirildi.

—————

🚨 Отмечено, в последние годы, исходя из потребностей стремительно растущей экономики и населения страны, в энергетической системе осуществляются широкомасштабные реформы. В частности, за последние годы в отрасль привлечено 35 млрд долларов иностранных инвестиций и введено в эксплуатацию 9 тыс мегаватт новых мощностей.

🚨 В результате объем производства электроэнергии увеличился с 60 млрд киловатт-часов в 2017 году до 85 млрд киловатт-часов в текущем году. Примечательно, что мощность запущенных солнечных и ветровых электростанций составляет около 5 тыс мегаватт, а гидроэлектростанций 400 мегаватт.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
🔴

Joriy yil yanvar-noyabr oylari davomida yoqilg‘i energetika tarmog‘ida jami 8,8 mlrd. dollar xorijiy investitsiyalar, shundan elektr energetikasi bo‘yicha 6,3 mlrd. dollar, yashil energiya loyihalari bo‘yicha 4,7 mlrd. dollar, neft-gaz sohasi bo‘yicha 2,5 mlrd. dollar o‘zlashtirilgan.

Shu bilan birga, 2025-yilda umumiy qiymati 40,5 mlrd. dollarlik 58 ta yirik loyiha ishga tushirilishi belgilangan. Ulardan jami quvvati 1 413 MVt bo‘lgan 5 ta quyosh elektr stansiyasi, quvvati 752 MVt bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyasi, quvvati 168 MVt bo‘lgan 6 ta gidroelektr stansiyasi, quvvati 1167,3 MVt bo‘lgan 3 ta issiqlik elektr stansiyasi, quvvati 1245 MVt bo‘lgan 10 ta energiya saqlash qurilmasi ishga tushirildi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida hududlarda jami 787 km magistral, 29,5 ming km taqsimlovchi tarmoqlar, 9 ta magistral podstansiyadagi transformator, 10 270 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Shu jumladan, Toshkent shahri bo‘yicha jami 863,1 km. taqsimlovchi tarmoqlar, 1 ta magistral podstansiyadagi transformator, 670 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Bundan tashqari, 7,5 ming km. elektr tarmoqlari, 1 748 ta transformator punkti rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi.

—————

За январь–ноябрь текущего года в топливно-энергетической отраслью освоено 8,8 млрд долларов иностранных инвестиций, из них 6,3 млрд долларов — по электроэнергетике, 4,7 млрд долларов — по проектам «зеленой» энергетики, 2,5 млрд долларов — по нефтега
зовой отрасли.

Подчеркнуто, что в 2025 году планируется запуск 58 крупных проектов общей стоимостью 40,5 млрд долларов. Среди них — 5 солнечных электростанций общей мощностью 1 413 МВт, 4 ветровые электростанции мощностью 752 МВт, 6 гидроэлектростанций — 168 МВт, 3 тепловые электростанции — 1167,3 МВт, а также 10 объектов по накоплению энергии мощностью 1245 МВт.
В рамках подготовки к осенне-зимнему сезону в регионах капитально отремонтировано 787 км магистральных и 29,5 тыс км распределительных сетей, трансформаторы на 9 магистральных подстанциях, а также 10 270 трансформаторных пунктов. В частности, по городу Ташкенту капитально отремонтировано 863,1 км распределительных сетей, трансформатор на одной магистральной подстанции и 670 трансформаторных пунктов. Кроме того, реконструировано и модернизировано 7,5 тыс км электрических сетей и 1 748 трансформаторных пунктов.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
🔴

Qayd etilganidek, respublika bo‘yicha 279 ta avariyaviy brigadalar tashkil etilib, ular uchun 224 ta avtotransport, 279 ta maxsus texnika biriktirilgan. Shuningdek, 3 591,4 km. quvurlarning ichki sirti tozalandi, 91 ta kompressor stansiyasidagi gaz haydash agregatlari ta’mirlandi.

Bundan tashqari, iste’molchilarning gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 553,1 km. tarmoqlar, 971 ta gaz taqsimlash punkti mukammal ta’mirlandi, 50 195 ta gaz taqsimlash punktlari texnik taftishdan o‘tkazildi.

—————

Отмечалось, по республике сформировано 279 аварийных бригад, которым выделено 224 автотранспорта и 279 единиц специальной техники. Также очищена внутренняя поверхность 3 591,4 км трубопроводов, проведен ремонт газоперекачивающих агрегатов на 91 компрессорной станции.

В целях улучшения газоснабжения потребителей капитально отремонтировано 553,1 км газовых сетей и 971 газораспределительный пункт, проведена техническая проверка 50 195 газораспределительных пунктов.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
🔴

Deputatlar sohada yanada qulay investitsiya muhitini yaratish, elektr uzatish tarmoqlarini yaxshilash, aholi va tarmoqlarni kuz-qish mavsumida uzluksiz energiya bilan ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda davlat tomonidan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini rivojlantirish borasida fikr-mulohazalar bildirdi.

Xalq vakillari tomonidan energiya ta’minotidagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, sohaga joriy etilayotgan yangiliklar, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Majlisda Energetika vaziri J. Mirzamahmudovning axboroti yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

—————

Депутаты дали свои предложения и рекомендации, направленные на создание еще более благоприятного инвестиционного климата в отрасли, улучшение электрических сетей, обеспечение бесперебойного энергоснабжения населения и отраслей экономики в осенне-зимний период, а также развитие механизмов государственной поддержки внедрения возобновляемых источников энергии.

Представители народа также внесли свои рекомендации по устранению существующих проблем в энергоснабжении, модернизации инфраструктуры, внедрению в сферу инноваций и совершенствованию процессов обслуживания населения.

По итогам заседания принято соответствующее решение по информации министра энергетики Ж. Мирзамахмудова.


Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌸ASSALOMU ALAYKUM!🌸

🌟🌙GOʻZAL TONG, JUMA MUBORAK BO'LSIN !🍃🌹🍃

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ           
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OB_HAVO

☁️ 12 - dekabr haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti

❄️  Yangi kun barchamizga muborak bo'lsin.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

HURMATLI DAVLAT XIZMATCHILARI, NAVBATDAGI O'QUV DASTURINI E'TIBORINGIZGA XAVOLA QILAMIZ!

Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🇵🇾Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya va rafiqasi Koʻksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi.

🇺🇿🤝🇵🇾O‘zbekiston va Paragvay Prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿🤝🇵🇾Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

🇺🇿🤝🇵🇾Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Santyago Penya birgalikda daraxt ekdilar.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🇿🇲 Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Ashxobodga keldi.

🇺🇿🤝🇿🇲 O‘zbekiston Prezidenti va Turkman xalqining milliy yetakchisi muzokara o‘tkazdilar.

🇺🇿🤝🇿🇲 Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
#rasmiy_xabar

Strategik islohot muvozanat va tahlilni talab etadi

Hozirgi vaqtda cheklangan energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida Energetika vazirligi tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan energiya iste’molini qoplash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Belorussiya, Xitoy va qator Yevropa davlatlarida energiya iste’molini to‘liq dekarbonizatsiya qilish, “Zero carbon – eco home” tamoyillari asosida uy-joylar qurish va iste’molni to‘liq elektrlashtirish amaliyoti muvaffaqiyatli joriy etilgan. Mazkur yondashuv dunyo mamlakatlarida keng ommalashmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonda ham energiya iste’moli madaniyatini oshirish, yangi barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar-joylarni to‘liq elektrlashtirish, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan ta’minlash, isitish tizimini elektr energiyasiga o‘tkazish hamda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan ko‘p xonadonli uylar, yotoqxonalar va gazlashtirilmagan hududlardagi hovlilar uchun imtiyozli tariflarni joriy etish bo‘yicha hisob-kitoblarga asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.

Mazkur takliflar loyihasiga ko‘ra, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan, isitish tizimi to‘liq elektrlashtirilgan, markazlashgan isitish tizimi va tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan ko‘p qavatli uylar, yotoqxonalar hamda gazlashtirilmagan hududlarda yashovchi maishiy iste’molchilarga (subsidiyalanadigan narxlardagi suyultirilgan gaz, ko‘mir yoki tabiiy gazdan foydalanmagan taqdirda) oylik iste’mol hajmiga qarab:

isitish mavsumida — 2000 kVt·soatgacha;

isitish mavsumidan tashqari — 1000 kVt·soatgacha;

elektr energiyasi iste’moli uchun amaldagi tariflarga nisbatan 50 foizgacha chegirma qo‘llash nazarda tutilmoqda.

Takliflar idoralararo tartibda kelishilgan.

Hozirda mavjud elektr tarmoqlarining qo‘shimcha yuklamani qabul qilish imkoniyati bo‘yicha texnik audit davom etmoqda. Shuningdek, Energetika vazirligi, IMV, O‘zenergoinspeksiya, HET AJ va HGT AJ tomonidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilmoqda.

Mazkur islohotlar O‘zbekiston energetika tizimi uchun muhim transformatsiya jarayoni bo‘lib, xalqaro tajribada kuzatilganidek, bunday o‘zgarishlar chuqur tahlil, vaqt va yuqori darajadagi ehtiyotkorlikni talab qiladi. Jarayonning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi tizimning strategik ahamiyatidan kelib chiqadi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan mazkur jarayonning murakkabligi va mas’uliyat darajasini inobatga olmagan holda noxolis talqin qilinmoqda. Takliflarning ko‘rib chiqilishi va qabul qilinishi amaldagi reglamentlarga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshirilmoqda.

Hisob-kitoblar va texnik audit yakuniga ko‘ra, umumiy xulosa shakllantiriladi va shundan so‘ng takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi ta’minlanadi.

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov tomonidan mazkur takliflar tegishli davlat organlariga taqdim etilgani, audit jarayonlari davom etayotgani va ishlab chiqilgan mexanizmning kelgusi yilda joriy etilishidan umidvorligi bir necha bor ommaga ma’lum qilingan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jamoatchilikdan mazkur jarayonlarga xolisona yondashish, faktlarga asoslangan baho berish hamda rasmiy ma’lumotlarga tayanishni so‘raymiz.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
2025/12/12 07:08:18
Back to Top
HTML Embed Code: