group-telegram.com/uzmahallalari/8777
Last Update:
Namanganda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
Uchrashuv davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar bilan ishlash sifati, yoshlar bandligi, xotin-qizlar faolligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va infratuzilma holatini yaxshilash kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilinib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev o‘z nutqida mahalla institutining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidladi. Shuningdek, har bir mahalla yettiligi a’zosi – rais, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliqchi va boshqa mas’ul shaxslar faoliyatini yanada tizimli tashkil etish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berdi.
Shuningdek, yettilik a’zolariga mahalla ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga faol hissa qo‘shish, aholi bilan doimiy muloqot olib borish, muammolarni aniqlab, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilardan kelib tushgan taklif va fikrlar asosida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bizning sahifalarimiz: