group-telegram.com/Press_Official_103_uz/3056
Last Update:
Zarafshonda tez tibbiy yordam stansiyasining yangi binosi ishga tushirildi
Kecha Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yangi zamonaviy tez tibbiy yordam stansiyasi ishga tushirilib, aholimizga tez tibbiy yordam xizmatini yanada sifatli koʻrsatish borasida bir qadam tashlanganligini taʼkidlashimiz mumkin.
Mazkur bino 10 ta xona hamda barcha infratuzilmadan iborat boʻlib, ikki milliard soʻmga qurildi. Stansiyada 3 ta tez tibbiy yordam brigadasi faoliyat olib boradi.
Ochilish tadbirida Zarafshon shahar hokimi Rahmanov Nazirbek Israilovich, Navoiy viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi vakillari, Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori oʻrinbosari Dalibayev Nozimjon Zakirjonovich ishtirok etib, stansiya xodimlari va masʼullariga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlarni tiladi.
Binoning ochilish marosimi koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.
#tez_tibbiy_yordam #islohot #yangi_bino #Navoiy #Zarafshon
Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube