Telegram Group & Telegram Channel
#Adliya_xabari

MDHga aʼzo davlatlar Adliya vazirlari kengashi ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi

MDHga aʼzo davlatlar Adliya vazirlari kengashi ishchi guruhining navbatdagi onlayn yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Armaniston, Belarus, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston, MDH Ijroiya qoʻmitasi kotibiyati hamda Belarus Notarial palatasi vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Adliya vazirligining tashabbusiga koʻra ishlab chiqilgan hamda 2024-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan MDH adliya vazirlari kengashining 18-majlisida maʼqullangan MDHga aʼzo davlatlar adliya vazirliklari oʻrtasida yagona elektron axborot almashinuvi tizimini yaratish boʻyicha konsepsiyasi loyihasi takomillashtirildi.

Jumladan, konsepsiya yuzasidan Rossiya, Belarus, Qirgʻiziston va boshqa davlatlarning mulohazalari eshitildi hamda oʻzaro fikr almashildi. Ekspertlar ushbu elektron axborot tizimi orqali MDHga aʼzo davlatlar adliya vazirliklari oʻrtasida huquqiy yordam koʻrsatish, notariat va FHDY masalalari boʻyicha oʻzaro hujjatlar almashish imkoniyatini yaratish zamon talabi ekanligini taʼkidlashdi.

Tomonlar konsepsiyada nazarda tutilgan masalalarning tashkiliy va texnik jihatlari bilan bogʻliq masalalarni hal etishga qaratilgan Harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

group-telegram.com/adliyangiliklari/17618
Create:
Last Update:

BY Adliya yangiliklari/Новости юстиции

Share with your friend now:
group-telegram.com/adliyangiliklari/17618

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

As a result, the pandemic saw many newcomers to Telegram, including prominent anti-vaccine activists who used the app's hands-off approach to share false information on shots, a study from the Institute for Strategic Dialogue shows. But the Ukraine Crisis Media Center's Tsekhanovska points out that communications are often down in zones most affected by the war, making this sort of cross-referencing a luxury many cannot afford. "Your messages about the movement of the enemy through the official chatbot … bring new trophies every day," the government agency tweeted. The account, "War on Fakes," was created on February 24, the same day Russian President Vladimir Putin announced a "special military operation" and troops began invading Ukraine. The page is rife with disinformation, according to The Atlantic Council's Digital Forensic Research Lab, which studies digital extremism and published a report examining the channel. After fleeing Russia, the brothers founded Telegram as a way to communicate outside the Kremlin's orbit. They now run it from Dubai, and Pavel Durov says it has more than 500 million monthly active users.
from hk

Telegram Adliya yangiliklari/Новости юстиции
FROM American