group-telegram.com/fsu_uz/5617
Create:
Last Update:
Last Update:
📢 DIQQAT, MUHIM E’LON!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi F–43-son Farmoyishi asosida, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at hamda hunarmandchilik yo‘nalishlarida tahsil olishlari maqsadida 30 ta davlat granti ajratildi.
✅ Ajratilgan grant o‘rinlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti va tanlov o‘tkazish tartibi Davlat komissiyasi majlisining bayoni bilan tasdiqlangan.
🗓️ Ariza topshirish muddati:
2025-yil 10-oktabr kuniga qadar
🔎 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan vatandoshlar quyidagi havola orqali nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan batafsil tanishishlari mumkin:
🖋 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
BY FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI || RASMIY KANAL

Share with your friend now:
group-telegram.com/fsu_uz/5617
