Telegram Group Search
Forwarded from APonomics
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌏 "Model Government": Tez orada al-Xorazmiy maktabida

"Model Government" — bu o‘quvchilar Deputat va Senatorlar rolini bajarib, mamlakat taqdirini belgilovchi siyosatlar ustida bahslashadigan, ularni ishlab chiqadigan va qaror qabul qiladigan simulyatsiya. "Model Government"da siz:

🗣 Liderlik va jamoat oldida nutq so‘zlash ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz;
👑 Jamoalarga yetakchilik qilib, siyosiy yechimlar bo‘yicha muzokara olib borasiz;
👨‍💻 Tengdoshlaringiz bilan hamkorlik qilasiz;
👨‍🏫 Kelajagingiz uchun juda qimmatli tajriba orttirasiz.
💎 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va "Model Government"da o‘z o‘rningizni egallang!
👉 Ro‘yxatdan o‘ting: Ishtirokchilar uchun Registratsiya

📆 Sana: 30.11.2025
📍 Manzil: al-Xorazmiy maktabi, Toshkent

🌐Telegram | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1131🔥1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#softwareengineering #international

XALQARO DASTURIY MUHANDISLIK OLIMPIADASI

🖥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun yana bir katta imkoniyat! PROD International Software Engineering Olympiad musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
IT kompaniyalari tomonidan taqdim etiladigan haqiqiy muammolarni yechish orqali amaliy tajriba to‘plashlari va portfellarini boyitishlari.
T-Bank mutaxassislari hamda Central University va HSE universiteti professorlaridan mentorlik ko‘magini olishlari.
Turli davlatlardan kelgan tengdoshlar bilan jamoaviy ishlash va madaniy almashinuv tajribasini orttirishlari.
O‘z mamlakatini xalqaro miqyosda vakillik qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari.

Ma'lumot uchun, mazkur olimpiada T-Technology Group va Central University tomonidan, HSE University hamda HSE Kompyuter fanlari fakulteti hamkorligida tashkil etilmoqda.

‼️ Barcha topshiriqlar rus va ingliz tillarida taqdim etiladi. Yakuniy bosqichdan tashqari barcha tur onlayn o‘tkaziladi! Olimpiadaga quyidagi havola orqali 2-dekabr sanasigacha ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Ushbu olimpiada o‘quvchilarimizning dasturlash bo‘yicha dunyo sahnasida o‘zini sinab ko‘rishi uchun katta imkoniyat yaratadi!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥84👍3👏3🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 DIQQAT! E’LON!

🛰“Kelajak texnologiyalari” amaliy musobaqalari va xakatonlar tashkil etilmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘i asosida, Konstitutsiyaning 33 yilligi munosabati bilan 5–7-dekabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa sanoati agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Kelajak texnologiyalari” amaliy musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha musobaqalar va xakatonlar o‘tkaziladi:

🚁Dron reysing
🛠Uchuvchisiz uchish apparatlarini dasturlash
🛡Xakerlik mahorati
⚽️Dron futbol

Shuningdek:
Yosh ixtirochilar ishlanmalari ko‘rgazmasi
Kreativ startap loyihalari tanlovi
ham tashkil etiladi.

🏅MUHIM!
Kelajak texnologiyalari” amaliy musobaqalari g‘oliblariga Turin politexnika universitetida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tadbir texnologiyalar, robototexnika, muhandislik, sun’iy intellekt va innovatsion g‘oyalarga qiziqqan o‘quvchilar uchun o‘z iste’dodini namoyish etish va amaliy tajriba orttirish uchun katta imkoniyatdir.

🗓Sana: 5–7 dekabr
Ro'yxatdan o'tish uchun👈

Barchangizni ushbu yirik texnologik tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥8🔥53👏2👍1
🌟 "Raqamli Avlod IT Haftaligi - 2025"

🇺🇿 Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan barcha yoshlarni an’anaviy "Raqamli Avlod IT Haftaligi"ga taklif qilamiz!

💻 DG Contest – dasturlash bo‘yicha onlayn/offlayn musobaqalarda qatnashib, o‘z bilimingizni sinab ko‘ring.

🟡 3-dekabr — DG Contest saralash (online)

🟡 10-dekabr — DG Contest final (offline)

🎁 G'oliblarni qimmatbaho sovg'alar kutmoqda!


🌐Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
online.raqamliavlod.uz

Raqamli avlod
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt bo‘yicha forumda ishtirok etib, mamlakatimizda "Besh million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start berdi.

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в форуме по искусственному интеллекту и дал старт проекту "Пять миллионов лидеров ИИ" в нашей стране.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
10😱3👍2🔥2👏1
🌟 "Raqamli Avlod IT Haftaligi - 2025"

🔧 Foydali ixtirolar – o‘zingiz yaratgan qurilma, gadjet yoki innovatsion g‘oyangizni taqdim eting.

🟡11-dekabr — Foydali ixtirolar bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tadi

🔸Innovatsionlik va yangilik darajasi;

🔸Loyihaning prototipi mavjudligi hamda uning ishga tayyorligi;

🔸Loyihaning bozordagi yoki ilmiy ishlardagi mavjud analoglardan farqlanishi;

🔸Atrof-muhitga yetkaziladigan zarar darajasining pastligi;

🔸Loyihani tushuntirishning aniqligi.

💁🏼‍♂️ Loyihani har kim o'z qo'li bilan yasagan bo'lishi hamda analoglari bo'lsa analogilaridan ustun taraflarini aytishi kerak

🎁 G'oliblarni qimmatbaho sovg'alar kutmoqda!


Ro'yxatdan o'tish uchun:
online.raqamliavlod.uz

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OITS

BILIMLAR BELLASHUVI

🦠 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 1-dekabr sanasida "Butun dunyo OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan "Biz sog'lom turmush tarafdorimiz" mavzusida 5-6-sinflar o'rtasida "Bilimlar bellashuvi" o‘tkaziladi.

Bellashuv shartlari :

1️⃣-shart: Tanishtiruv
(Guruh nomi, a’zolari va guruh shiori tanishtiriladi)

2️⃣-shart: Devoriy gazeta
(1-dekabr — giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan guruhlar tomonidan tayyorlangan devoriy gazetalar baholanadi)

3️⃣-shart: Muammoli savollar
(Har bir guruh mavzuga oid savollarga javob berishadi,javob berish uchun tayyorgarlik 1 daqiqa)

4️⃣-shart: Eng qiziqarli tajribalar
(Har bir guruh 2 daqiqalik tajriba ko‘rsatadi va tushuntiradi;
Kislotalar va xavfli kimyoviy moddalar ishlatilmaydi. Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinadi)

5️⃣-shart: Jamoaviy o‘yin
(Guruhlar o‘rtasida qiziqarli jamoaviy o‘yin o‘tkaziladi)

📍 Tadbir soat 15:00da maktab faollar zalida OITS/OIV, sog‘lom turmush tarzi va giyohvandlikning zararlarini bilish mavzusida bo‘lib o‘tadi.

G‘oliblarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshiriladi! Barchangizni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍5👏3❤‍🔥1🐳1
🌟 "Raqamli Avlod IT Haftaligi - 2025"

⚽️🤖 Robo futbol — robotlaringizni maydonga olib chiqing va jamoaviy o‘yinda chempionlik uchun bahslash­ing!

🟡12-dekabr — Robo Futbol bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tadi

Musobaqada qatnashuvchi robotlar o'lchamlari:
🔘 Eni: 25 sm
🔘 Bo'yi: 25 sm
🔘 Og'irligi: 1,5 kg dan oshmasligi talab qilinadi

🎁 G'oliblarni qimmatbaho sovg'alar kutmoqda!


🌐Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
online.raqamliavlod.uz

Raqamli avlod
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
❤‍🔥21🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SAT #mock

SAT MOCK IMTIHONI

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 3-dekabr kuni Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun SAT imtihoniga tayyorgarlikni oshirish maqsadida SatIslomxon jamoasi bilan birgalikda SAT Mock Imtihoni bo‘lib o‘tadi.

Mock imtihonda sizni SAT standartlariga to‘liq moslashtirilgan test, har bir ishtirokchi uchun individual natija hisoboti hamda mutaxassis Islomxon Saidov tomonidan xatolar tahlili va ballni oshirish bo‘yicha tavsiyalar kutadi.

🔗 Mock imtihoni bepul 3-dekabr kuni soat 15:10da bo‘lib, unga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Ishtirok etish orqali siz haqiqiy SAT sharoitida tajriba orttirish, bilimingizni aniq baholash va samarali tayyorgarlik usullarini o‘rganib olishingiz mumkin!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥184👏4🙏4🥰1
🌟 "Raqamli Avlod IT Haftaligi - 2025"

🚀AI DAY: Prompts — sun’iy intellekt olamiga chuqur sho‘ng‘ish imkoniyati! Ushbu tadbirda siz sun’iy intellekt bilan samarali ishlash, to‘g‘ri va kuchli promptlar yozish, hamda AI imkoniyatlaridan amaliy foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

🟡 13-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan AI DAY: Prompts master-klassi IT va kreativ sohalarga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

🔴 Tadbir davomida:

🔸ChatGPT, DALL·E, Recraft AI, CapCut va boshqa zamonaviy sun’iy intellekt platformalari bilan ishlashni o‘rganasiz;

🔸prompt yozish bo‘yicha professional yondashuvlar va foydali usullarni egallaysiz;

🔸AI yordamida rasm, matn, video va kreativ kontent yaratish tajribasiga ega bo‘lasiz.

🔸Amaliy mashg'ulotlar

🎁 Sovrinlar: Ishtirokchilar orasida iPhone 17 Pro Max va boshqa qimmatbaho sovg‘alar o‘ynaladi!


🌐Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
online.raqamliavlod.uz

Raqamli avlod
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
👍64🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yosh muhandislar hakatoni!

Tayoqchalar va yelim yordamida haqiqiy ko‘prik qurib, uni sinovdan o‘tkazishni xohlaysizmi?

RoboX va Muhandiss.uz sizlar uchun maxsus hakaton tashkil qilmoqda.

Vazifa shundan iborat:
O'quvchilar 3 kishilik jamoa bo'lib faqatgina tayoqchalar va yelimdan foydalanib ko'prik qurishadi va uni real og'irlik bilan sinovdan o'tkazishadi.


Kimlar qatnasha oladi?
12–16 yoshdagi, muhandislikka qiziqqan barcha o‘quvchilar.

✔️Barcha materiallar ta'minlanadi
🏆G'olib 3 jamoa qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlanadi.

Ro'yxatdan o'ting: Link
Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 3-dekabr
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍1🔥1👏1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FRANSIYADA TAQDIMOT QILGAN 15 YOSHLI DASTURCHI QIZ


Muxbir: Aziza Ibrohimova
👍238🆒4
O’ZBEKISTON VAQTI BILAN
FRANSIYADA TAQDIMOT QILGAN 15 YOSHLI DASTURCHI QIZ Muxbir: Aziza Ibrohimova
#WomenInTech #GlobalAwards

15 YOSHLI DASTURCHI QIZ

🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi, Women in Tech O‘zbekiston Yoshlar Elchisi Kamilla Beknazarova Parijda o‘tkazilgan Women in Tech Global Awards 2025da mamlakatimiz nomidan ishtirok etib, yoshlar orasida katta e’tibor qozondi.

📺 Eng quvonarlisi, Kamillaning ushbu yutug‘i O‘zbekiston 24 telekanalida maxsus lavha tarzida namoyish etildi. Telekanal uning xalqaro maydondagi chiqishi, texnologiya sohasidagi faoliyati va yosh avlod uchun yaratgan ilhomiy ta’sirini yoritdi.

Bu — O‘zbekiston yoshlari xalqaro darajada erishayotgan yutuqlarning yurtimiz OAV tomonidan tan olinayotganining yana bir yorqin isboti.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥3🆒3👏2😱1
#temurbeklar #tashrif

TEMURBEKLAR MAKTABIDAN TASHRIF

🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda, seminar-trening ishtirokchilari — Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi va ixtisoslashtirilgan maktab-internat rahbarlari tashrif buyurushdi.

🇺🇿Mehmonlar maktabning umumiy muhiti, IT yo‘nalishidagi sinflar, robototexnika xonasi, media studiyasi va StartUp markazi bilan yaqindan tanishishdi. Ustozlarimiz dasturlashni bosqichma-bosqich o‘qitish usullari, loyihaviy darslar va o‘quvchilar amalga oshirayotgan IT loyihalari haqida o‘z tajribalarini ulashishdi.

Tashrif davomida mehmonlar uchun o‘quv-ekskursiya va mahorat darslari o‘tkazildi. Ular real dars jarayonini kuzatib, o‘quvchilar bilan qisqa muloqot qilishdi va taqdim etilgan loyihalar bilan tanishishdi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍2🔥1👏1🍓1
2025/12/05 17:01:54
Back to Top
HTML Embed Code: