Telegram Group & Telegram Channel
#savolimbor
Ассаламу алайкум, устозлар саволим бор эди илтимос ёрдам берсангиз. Давлат ташкилотимиз, бошлиг отпускала кетишда лавозим мажбуриятини вактинчалик бажаришни уринбосарига юклаб кетди, Саволим шуки шу давр мобайнида бошлик лавозим мажбуриятини вактинчалик бажарувчи ходимларни бошка лавозимга утказиши ёки янги ходим ишга Кабул килиш мумкинми? Жавоб учун олдиндан рахмат.

Javob
Qiziq va dolzrab savol. Boshliqning ishda yo‘qligi paytida uning vazifasini vaqtincha bajaruvchida qanday vakolatlar borligi, xususan, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazish, yangi xodimlarni ishga qabul qilish huquqi haqida aniq norma mavjud emas. Shu sababli bir nechta normani tahlili qilib savolga javob berish mumkin bo‘ladi.

Mehnat kodeksining 19-moddasiga asosan, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, tashkilotlar ish beruvchi bo‘ladi. Sizning vaziyatingizda davlat tashkiloti ish beruvchi sanaladi.

Kodeksning 24-moddasiga asosan, ish beruvchi ushbu kodeksda, boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilish huquqiga ega. Demak siz aytgan davlat tashkiloti xodimlarni ishga qabul qilishi, boshqa ishga o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.11.2024 yildagi 758-son qarorining 2-ilovasida tashkilot nomidan keyinchalik “Ish beruvchi” deb ataladi jismoniy shaxs ish olib borishi nazarda tutilgan. Bu degani tashkilotni o‘zi ish beruvchi bo‘ladi, uni nomidan esa jismoniy shaxs harakat qiladi.

Ishberuvchi – tashkilot nomidan harakat qiladigan jismoniy shaxs Kodeksning 485-moddasiga asosan, tashkilot rahbari deb nomlanadi. Unga ko‘ra tashkilot rahbari ushbu Kodeksga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, tashkilotning ta’sis hujjatlariga, ichki hujjatlarga muvofiq mazkur tashkilotga rahbarlikni amalga oshiruvchi, shu jumladan uning yagona ijro etuvchi organi vazifalarini bajaruvchi jismoniy shaxsdir.

Endi ayni yuqoridagi 485-moddaga asosan, tashkilot rahbarining o‘rinbosari rahbar yo‘qligida uning vazifasini vaqtincha bajarib turish yoki lavozim vazifalari taqsimoti asosida ayrim masalalar bo‘yicha rahbar vazifasini bajarish o‘z xizmat vazifalari jumlasiga kiruvchi shaxsdir.

Tepadagi moddaga e’tibor bersangiz, tashkilot rahbarining o‘rinbosari rahbar yo‘qligida uning vazifasini vaqtincha bajarib turish yoki lavozim vazifalari taqsimoti asosida ayrim masalalar bo‘yicha rahbar vazifasini bajarishi mumkinligini ko‘rasiz.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonun hujjatlari tahlili asosida shunday xulosa qilish mumkinki, korxona rahbari ta’tilga ketgan paytda rahbar o‘rinbosari xodimlarni ishga qabul qilishi yoki ularni boshqa ishga o‘tkazishi mumkin bo‘ladi, faqat bitta shart bilan, agar unga lavozim vazifalari taqsimoti asosida ushbu vazifalar berilgan bo‘lsa.

Bu vazifalarning rahbar o‘rinbosariga berilgan yoki yo‘qligini qanday bilish mumkin bo‘ladi? Mazkur masalani faqatgina tashkilotingizdagi ichki hujjatlar, lavozim yo‘riqnomalari, nizomlar yoki tashkilotga faoliyatiga aloqador normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqish orqaligina bilib olishingiz mumkin.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.group-telegram.com/id/mehnathuquqi.com
👍93🔥1😎1

group-telegram.com/mehnathuquqi/10102
Create:
Last Update:

BY Mehnat huquqi

Share with your friend now:
group-telegram.com/mehnathuquqi/10102

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

This ability to mix the public and the private, as well as the ability to use bots to engage with users has proved to be problematic. In early 2021, a database selling phone numbers pulled from Facebook was selling numbers for $20 per lookup. Similarly, security researchers found a network of deepfake bots on the platform that were generating images of people submitted by users to create non-consensual imagery, some of which involved children. Perpetrators of these scams will create a public group on Telegram to promote these investment packages that are usually accompanied by fake testimonies and sometimes advertised as being Shariah-compliant. Interested investors will be asked to directly message the representatives to begin investing in the various investment packages offered. For tech stocks, “the main thing is yields,” Essaye said. "There are several million Russians who can lift their head up from propaganda and try to look for other sources, and I'd say that most look for it on Telegram," he said. Although some channels have been removed, the curation process is considered opaque and insufficient by analysts.
from id

Telegram Mehnat huquqi
FROM American