group-telegram.com/bintu_muxtor_aliy/3840
Last Update:
Olimlarning Qur’on yodlash fazilati haqida aytgan hikmatli so‘zlari
Abu Bakr Siddiq r.a.: «Kim Qur’on o‘rgangan bo‘lsa va o‘zidan boshqa kishiga unga berilgan Qur’ondan ham afzalroq narsa berilgan, deb bilsa, kichik narsani ulug‘ sanagan va ulug‘ narsani kichik sanagan bo‘ladi»[1], deganlar.
Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh: «Kim Qur’onni yod olsa, hurmati oshadi, hadis yozgan kishining hujjati quvvatli bo‘ladi, fiqhni o‘rgangan kishining qadri ulug‘ bo‘ladi, nahv ilmini o‘rgangan kishining ta’bi nozik bo‘ladi va kim o‘z nafsini himoya qilmasa, ilm uni himoya qilmaydi»[2], deganlar.
Ali Uzdiy aytadi: «Men jihod qilmoqchi bo‘lgandim, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Men seni jihoddan ham yaxshiroq ishga undab qo‘yaymi? Sen hozir masjidga borasan va u yerda Qur’on o‘rgatasan va fiqhni o‘rganasan»[3], dedilar».
Abdulhamid ibn Abdurrahmon Himoniy aytadi: «Men Sufyon Savriydan «Siz uchun g‘azot qiladigan kishi yaxshimi yoki Qur’on o‘rgatadigan kishimi?» deb so‘ragan edim, u kishi: «Qur’on o‘rgatadigan kishi», dedilar. Chunki Nabiy alayhissalom: «Sizlarning yaxshilaringiz Qur’on o‘rgangan va uni o‘rgatgan kishidir»[4], deganlar».
[1] Tobaroniy rivoyati, Ali Qoriyning «Shotibiya» asariga yozgan sharhi, 7-bet.
[2] Ali Qoriyning «Shotibiya» asariga yozgan sharhi, 8-bet.
[3] Ali Qoriyning «Shotibiya» asariga yozgan sharhi, 5-bet.
[4] «An-nashr» asarining 1-jild, 4-beti.Bintu Muxtor Aliy rasmiy sahifalari
Telegram | YouTube
BY بنت مختار علي
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/bintu_muxtor_aliy/3840