group-telegram.com/biotexnologiyamatbuoti/15679
Last Update:
#GRANT
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2025 yil 10 martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi №149-son qaroriga asosan 👉 https://www.lex.uz/uz/docs/-7429154 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga 2024-2025 o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shaklida talabalar safiga qabul qilingan va bugungi kunda tahsil olayotgan bakalavriatura hamda magistratura talabalari tomonidan o‘quv yilini GPA (Grade Point Average) ko‘rsatkichi bo‘yicha 3,5 dan past bo‘lmagan darajada tamomlagan barcha talabalarni yuqoridagi qarorning 1-2 ilovalarida keltirilgan mezonlar bo‘yicha universitetning to‘liq ta’lim granti va to‘liq bo‘lmagan ta’lim garnti bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida ma’lumotni bilsih uchun ushbu havolaga o‘ting
👉 https://ssuv.uz/uz/news/view1/1147
1. 2025 yilning 20-iyulga qadar rasmiy veb sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish va tegishli talab etiladigan hujjatlarni ushbu tizmga yuklash; Ro‘yxatdan o‘tish hamda ma’lumotlarni yuklash uchun ushbu havolaga o‘ting.
👉 https://interactive.ssuv.uz
2. Ushbu qarorda belgilab qo‘yilgan muddatlarda baholash natijalarini kuzatib borish va natijasi bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.
👉 https://interactive.ssuv.uz/login
3. Ta’lim grantini qayta taqsimlash jarayonlaridan norozi bo‘lgan talabgorlar uchun har bir ko‘rsatkich bo‘yicha natijalar e’lon qilingandan etiboran 48 soat davomida universitetning rasmiy veb-sayti orqali apellyatsiya berishi uchun ushbu havolaga o‘ting.
👉 https://interactive.ssuv.uz/login
BY BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI

Share with your friend now:
group-telegram.com/biotexnologiyamatbuoti/15679