group-telegram.com/toshetk/46290
Last Update:
#RASMIY_MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Olmazor tumanining ayrim hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan uzilish sodir bo`layotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Malumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» MCHJ tomonidan poytaxt tumanlar hududida keng koʻlamli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Xususan, Olmazor tuman hududini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, tuman hududidagi 110/35/10 kVA bo`lgan yuqori kuchlanishli «Sag`bon» podstansiyasida «Industrial Construction» MCHJ pudratchi tashkilot tomonidan qaror ijrosini ta`minlash maqsadida, podstansiyani to'liq modernizasiya qilinishi rejalashtirilgan bo`lib, ayni kunlarda qurilish-montaj ishlari jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning, 25-iyun kuni Olmazor tumani hududida joylashgan «Sag`bon» podstansiyasidan ta`minlanuvchi KL-35 kV L-Bog'zor-1-2 yer osti elektr uzatish kabel tarmog`ida yuklamani ortishi natijasida avariyaviy uzulish yuzaga kelgani sababli avariya holatida elektr ta'minotida o'chishlar yuzaga kelgan. Natijada, mazkur podstansiya orqali elektr energiyasi bilan ta’minlovchi Olmazor tumanining ayrim hududlari elektr energiyasiz qolgan.
Shu kunning o`zidayoq tezkor brigadalar tomonidan zarur choralar ko‘rilishi natijasida holat to‘liq bartaraf etilib, hududlar bosqichma-bosqich qayta tarmoqqa ulanganligini ma`lum qilamiz.
✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
🌐 Telegram
BY "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/toshetk/46290