group-telegram.com/toshvilstatuz/13342
Last Update:
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 10- oktyabr kuni imzolangan PF–173- sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarning olis mahallalarida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.
Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i O. Sattorov, shuningdek Angren shahar va Ohangaron tumani statistika bo‘limlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida mahalla fuqarolar yig‘inlarida ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, aholi va qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash hamda tahlil qilish jarayonlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirda tegishli mas’ullar hamda mahalla “yettiligi” vakillari faol ishtirok etib, ro‘yxatga olish tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
✅ Rasmiy sahifalar:
| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
BY Toshkent viloyati statistika boshqarmasi

Share with your friend now:
group-telegram.com/toshvilstatuz/13342