Telegram Group Search
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ThrowbackFriday Keling an'anaviy hunarmandchilik, dizayn va tadbirkorlik bo‘yicha treninglarimiz haqida eslaymiz. Ushbu intervyuda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Akbar Xakimov bu kabi treninglarning nomoddiy madaniy merosni asrash va O‘zbekistonda ijodiy sanoatlarni rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidlaydilar.

✍️ Darslari davomida ishtirokchilar O‘zbek kashtachiligining boy tarixini o‘rganish hamda zamonaviy an’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🖥 Rasmiy sahifalarimozni kuzatib boring:

📱 Instagram|📱 Facebook |📱Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UNESCO bilan SmartED loyihasi bo'yicha hamkorlikda yangi bosqich!

O’zbekiston milliy pedagogika universitetida UNESCO vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv SmartED loyihasi doirasida tashkil etildi. Mazkur loyiha umumiy o‘rta ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Tomonlar:

🔹o‘quv dasturlarini joriy etish bo‘yicha tadqiqotlar,
🔹“4+2” pedagogik amaliyot modelini takomillashtirish,
🔹 kompetensiyaga asoslangan ta’lim tizimini joriy etish yuzasidan fikr almashdi.

▶️“4+2” modeli — talaba haftasining 4 kuni oliygohda, 2 kuni esa maktabda portfolioga asoslangan amaliyot modeli bo‘lib, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtiradi.
▶️ Kompetensiyaga asoslangan ta’lim — o‘quvchilarda real hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan yondashuv bo‘lib, natijaga asoslangan o‘rganishni ta’minlaydi.


🤝 Uchrashuv yakunida SmartED loyihasi bilan O'MPU transformatsion islohotlarni uyg‘unlashtirishga va ushbu loyihani amalga oshirishda O'MPU asosiy hamkorlardan biri bo'lishga kelishildi.

Bizni kuzating

Telegram Instagram
You Tube Facebook
YUNESKO Ilg’or kasbiy tayyorgarlik markazlari faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi

📇 YUNESKOning taʼlim bo‘limi jamoasi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Kasbiy taʼlimni rivojlantirish bo'yicha Shihnazar Sharafaddinov boshchiligidagi jamoasi o'rtasida o'zaro hamkorlik masalalariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

✍️ Unda asosiy e'tibor viloyatlarda tashkil etiladigan Ilg'or kasbiy tayyorgarlik markazlari faoliyatini moddiy va metodik jihatdan qo'llab-quvvatlash, kasbiy ta'lim tizimini rivojlanitirishdagi o'qituvchilarning roli va ularning AKT kompetenisylarini takomillashtirish va kasbiy ta'limni jozibadorligini oshirishga doir bir qator masalarga qaratildi.

🗓 Shuningdek, tomonlar sentyabr oyida YUNESKO va Kasbiy-texnik ta'lim va kasbga o'qitish bo'yicha YUNESKO markazi (UNEVOC) bilan Ilg'or kasbiy tayyorgarlik markazlarini qo'llab-quvvatlash uchun strategik yo'l xarita va metodologiyasi ishlab chiqishga qaratilgan seminarni birgalikda tashkil etishga kelishib olishdi.

🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:

📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YUNESKO Xalqaro yoshlar kuni bilan! 🎆🌏

🌟 Bugun biz inklyuziv va barqaror kelajakni qurishga o'z hissasini qo'shayotgan yoshlarning ishtiyoqi, ijodkorligi va yetakchiligini nishonlaymiz!

YUNESKOda yoshlar faoliyati nafaqat qo‘llab-quvvatlanadi, balki ular o'zlarining ta'sirchan yangi g‘oyalari orqali YUNESKOning har bir faoliyat bosqichida faol ishtirok etadi.

📸 YUNESKO maqsadlarni amalga oshirishda yoshlar bilan hamnafas ishlayotgan hamkasblarimiz bilan tanishing.

🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:

📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰
#Seminar_trening

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda o‘qituvchilar uchun Ijtimoiy-hissiy ta’lim (SEL) dasturi bo‘yicha o‘quv treninglariga start berildi.

Bugun mazkur treninglarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o'rinbosari Sardor Radjabov, UNESCOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, mas’ullar va ishtirokchi ustozlar qatnashishdi.

⚡️Dastur doirasida UNESCOning rasmiy platformasida o‘zbek tilida joylashtirilgan “Ijtimoiy-hissiy murabbiy” nomli onlayn platformaning taqdimoti ham o‘tkazildi.


📊 Ma'lumot o'rnida: ushbu dastur ilk bora amaliyotga joriy etilmoqda hamda bu galgi o‘quvlarda 40 nafar professor ustozlar o‘z bilim va mahoratlarini oshirishlari ko‘zda tutilgan.

2 kun davom etadigan o‘quv kurslarida:

Empatiya (o‘z- o‘zini anglash, o‘ziga rahmdil bo‘lish ko‘nikmalarni shakllantirish),
Ta’lim oluvchilar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnatish,
“Ijtimoiy-hissiy murabbiy” onlayn platformasi bilan tanishish va ishlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, ustozlar o‘quv mashg‘ulotlari doirasida sho‘balarga bo‘lingan holda taqdimotlar bilan ishlaydilar va namoyish etadilar.

🌐 JONLI EFIR

👉“Boshlang‘ich ta’lim” jurnali
👉UzA Ижтимоий-ҳиссий таълим бўйича тренинг бошланди

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram       🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/08/20 18:57:56
Back to Top
HTML Embed Code: