Telegram Group & Telegram Channel
📌Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik aloqalari mustahkamlandi

2025 yilning 16–17 oktabr kunlari Janubiy Koreya Respublikasining Seul shahrida Koreya kriminologiya va adliya instituti (KICJ) tomonidan “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” mavzusida “12-Koreya kriminologiya va adliya instituti xalqaro forumi (KICJIF)” bo‘lib o‘tdi.

🎥Tadbirda zamonaviy jinoyatchilik, ayniqsa uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning ahamiyati, sohada zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish imkoniyatlari muhokama etildi.

🔎Forumda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC), Birlashgan Millatlar Tashkilotining jinoyatlarning oldini olish va jazoni ijro etish bo‘yicha Osiyo va Qit’a instituti (UNAFEI), Tayland Adliya instituti (TIJ), Mongoliya Milliy huquq instituti, Koreya Adliya vazirligi, Koreya Milliy politsiya agentligi (INTERPOL Milliy markaziy byurosi), Xitoyning Jenmin universiteti, Xitoy Siyosiy fanlar va huquq universiteti, Pekin Normal universiteti, Koreya Jinoyat-protsessual huquq assotsiatsiyasi va Kyongbuk milliy universiteti kabi nufuzli tashkilotlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti ham faol ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti boshlig‘i nutq so‘zlab, o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda jinoyatlarni barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro ilmiy-tadqiqotlar hamda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, tadbir yakunida xalqaro tashkilotlar vakillariga O‘zbekistondagi jinoyatchilikning oldini olish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar taqdim etildi. Birgalikda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, Kriminologiya tadqiqot instituti Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jinoyatlarning oldini olish va jinoiy odil sudlov dasturi institutlari tarmog‘iga a’zo bo‘lish masalasi bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Forum doirasida Koreya kriminologiya va adliya instituti (KICJ) prezidenti Jong Wong Seyok bilan “O‘zbekiston va Koreya kriminologiyasini qiyosiy tadqiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

@INSPECTOR_UZ 👈  🏪 QONUN HUJJATLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2

group-telegram.com/inspector_uz/75754
Create:
Last Update:

BY INSPECTOR_UZ

Share with your friend now:
group-telegram.com/inspector_uz/75754

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Artem Kliuchnikov and his family fled Ukraine just days before the Russian invasion. The Russian invasion of Ukraine has been a driving force in markets for the past few weeks. Also in the latest update is the ability for users to create a unique @username from the Settings page, providing others with an easy way to contact them via Search or their t.me/username link without sharing their phone number. Lastly, the web previews of t.me links have been given a new look, adding chat backgrounds and design elements from the fully-features Telegram Web client. "The argument from Telegram is, 'You should trust us because we tell you that we're trustworthy,'" Maréchal said. "It's really in the eye of the beholder whether that's something you want to buy into."
from it

Telegram INSPECTOR_UZ
FROM American