group-telegram.com/samarqand24/11673
Last Update:
Chegara bojxona postida psixotrop tabletkalar ushlab qolindi
Bojxona organlari tomonidan yurtimizga inson salomatligiga kuchli taʼsir koʻrsatuvchi dori vositalarining noqonuniy kirib kelishini ustidan doimiy nazorat oʻrnatilgan.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona posti orqali qoʻshni davlatdan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro “yashil yoʻlak” orqali bojxona nazoratidan oʻtayotganda, unga tegishli boʻlgan qoʻl sumkasi koʻzdan kechiriladi.
Sumkadan hech qanday hujjatlari boʻlmagan hamda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan “Siklodol Trigeksifenidil” nomli 100 dona psixotrop tabletkalar borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
#ТАРҚАТИНГ
САМАРҚАНДЛИКЛАРГА АЪЗО БЎЛИНГ!👇🏼
➥https://www.group-telegram.com/+qsQUySt2I9A3YzIx
BY SAMARQAND 24 | Tezkor Xabarlari

Share with your friend now:
group-telegram.com/samarqand24/11673