group-telegram.com/yoshlarovozi/6149
Create:
Last Update:
Last Update:
#dolzarb
Aniq bo‘lishicha, qo‘rquv yosh qatlam orasida kuchliroq. Karyerasini shakllantirmaganlik, kreditlar, yangi raqobatli mehnat bozoridagi bosimlar, to‘liq moliyaviy mustaqillikka erishish kabi muammolar yoshlardagi iqtisodiy qo‘rquvning asosiy sabablaridan. So‘rovimizda qatnashgan ba’zi mutaxassislardan batafsilroq fikr olishga urindik.
Psixolog Sadriddin Shams fikricha, iqtisodiy qo‘rquv sabablari, yuzaga kelayotgan oqibatlar o‘rganilishi kerak, bizda bu borada ma’lumotlar yetarli emas:
– Iqtisodiy qo‘rquvda odamlar tinimsiz xavotirdan aziyat chekadi. “Qanday yashayman?”, “Oilamni qanday boqaman?” kabi o‘ylovlar bezovta qiladi. O‘z navbatida bu uyqusizlikka, ishtaha yo‘qolishiga, konsentratsiya pasayishiga sabab bo‘ladi. Inson moliyaviy qiyin ahvolidan uyalishi tufayli ijtimoiy izolyatsiya holatiga ham tushib qoladi. Pessimistik fikrlar bora-bora depressiya, hatto suitsidgacha olib borishi mumkin. Jamiyatimizda kam ta’minlangan oilalarda iqtisodiy muammolar sababli suitsidlar uchrab turadi. Lekin bu boradagi ma’lumotlar aniq manzarani hosil qilish uchun yetarli emas.
Batafsil: https://it/yoshlarovozi.com.uz/oz/news/iqtisod
Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/it/yoshlarovozi.com