group-telegram.com/hospital_railwaysam/129
Last Update:
28-aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunini munosib o‘tkazaylik!
Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2003-yil 28-apreldan beri har yili dunyoning 100 dan ortiq davlatlarida “28-aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” nishonlanib kelinadi.
Bu yilgi “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ni “Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli” mavzusida o‘tkazilishi tavsiya etilmoqda. Shu munosabat bilan “28-aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” ni jamiyat tasarrufidagi korxona, tashkilot va muassasalarida munosib o‘tkazish maqsadida mavzuga doir “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Ushbu chora-tadbirga muvofiq 28-apreldan 2-maygacha hafta davomida:
28-aprel kuni Buxoro MTU filiali “Buxoro elektr ta’minoti korxonasining elektr xavsizligini ta’minlash borasida olib borayotgan ishlari” mavzusida ilg‘or tajriba maktabini o‘tkazish;
29-aprel kuni Buxoro MTU filiali “Buxoro vagon deposida yuk ko‘tarish kranlaridan foydalanish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya etilishi, xizmat muddati o‘tgan XICHO larni ko‘rikdan o‘tkazish tartibi va yuk iluvchi vositalaridan foydalanish amaliyoti” mavzusida ilg‘or tajriba maktabini o‘tkazish;
30-aprel kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimidagi barcha korxona, tashkilot va muasssasalarda “Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intelekt va raqmlashtirishning roli” mavzusida mehnat muhofazasi kunini o‘tkazish;
1-may kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2021-yil 16-apreldagi ko‘rik tanlov Nizomi talabiga asosan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi korxona” va “Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi muhandis” nominatsiya g‘oliblarini taqdirlash;
2-may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rayosatining 2017-yil 20-noyabrdagi 8-108 “s” sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi to‘g‘risidagi NIZOM ga asosan 1-bosqich “Eng yaxshi korxona”, “Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi”, “Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili” va “Eng yaxshi yosh mutaxassis” nominatsiya g‘oliblarin taqdirlash kabi tadbirlar o‘tkaziladi .
Barcha temiryo‘lchilarni ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishlarini so‘raymiz!
|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
BY Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi "O'TY" AJ Rasmiy kanali

Share with your friend now:
group-telegram.com/hospital_railwaysam/129