Telegram Group & Telegram Channel
#uchrashuv

Soliq xizmatida mas’uliyat va natija – bosh mezon

Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida soliq organlarida “mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlari joriy etilib, ularning samaradorligi soliq tushumlarining ortishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Har bir soliq to‘lovchi bilan individual ishlash ikki tomon faoliyatida ijobiy o‘sish natijalarini bermoqda.

Soliq xizmati organlari rahbar va xodimlarining mehnat faoliyati har bir yo‘nalish bo‘yicha KPI ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Natijalar oy yakunida Soliq qo‘mitasi rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Galdagi uchrashuv Samarqand viloyatida Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligida 2025-yil aprel oyi natijalari tahlili va may oyini samarali yakunlash bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda qo‘mita markaziy apparati va viloyat rahbarlari, shahar va tuman inspeksiyalari rahbarlari,“mahallabay” hamda “korxonabay” ishlash tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar (videokonferensaloqa shaklida) ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, yig‘ilishda “mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlari doirasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Aprel va may oylarida past ko‘rsatkich qayd etgan inspeksiya rahbarlari tinglandi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Natijada, faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun viloyat soliq boshqarma boshlig'ining birinchi o‘rinbosari, KPI ko‘rsatkichi past bo‘lgan Urgut tumani rahbari lavozimidan ozod etilib, boshqarmadagi vakant lavozimlarga, Pastdarg‘om tumani soliq inspeksiyasi rahbari ijobiy* natijalari uchun bosharmaga o‘tkazish topshirildi. Shuningdek, o‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 4 nafar xodimga nisbatan mehnat qonunchiligiga muvofiq intizomiy choralar qo‘llanildi.

Hududiy soliq organlari faoliyatini samarali tashkil etish, xodimlar shaxsiy javobgarligini oshirish hamda soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati – tizimdagi asosiy ustuvor yo‘nalish

ekani qo‘mita raisi tomonidan yana bir bor ta’kidlandi.

* tuzatish kiritildi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

group-telegram.com/soliq_Live/12841
Create:
Last Update:

BY Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliq_Live/12841

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

"Your messages about the movement of the enemy through the official chatbot … bring new trophies every day," the government agency tweeted. I want a secure messaging app, should I use Telegram? The War on Fakes channel has repeatedly attempted to push conspiracies that footage from Ukraine is somehow being falsified. One post on the channel from February 24 claimed without evidence that a widely viewed photo of a Ukrainian woman injured in an airstrike in the city of Chuhuiv was doctored and that the woman was seen in a different photo days later without injuries. The post, which has over 600,000 views, also baselessly claimed that the woman's blood was actually makeup or grape juice. Russian President Vladimir Putin launched Russia's invasion of Ukraine in the early-morning hours of February 24, targeting several key cities with military strikes. Telegram was founded in 2013 by two Russian brothers, Nikolai and Pavel Durov.
from kr

Telegram Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
FROM American