group-telegram.com/minenergy_uz/16078
Last Update:
Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) va O‘zbekiston Ipoteka Qayta Moliyalashtirish Kompaniyasi (UzMRC) hamkorlik o‘rnatilib, ushbu hamkorlik doirasida AFD tomonidan UzMRCga 30 million yevro (milliy valyutadagi ekvivalenti) miqdorida kredit liniyasi va grant mablag‘lari ajratilishi kutilmoqda.
Mazkur loyiha O‘zbekistonda turar joy binolarining energiya samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilayotgan bo’lib, ayni paytda baholash va tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Loyihaga ko‘ra, AFD tomonidan kredit liniyasi va texnik yordam ajratilib, UzMRC orqali tijorat banklari ishtirokida yakuniy iste’molchilarga kreditlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu loyiha doirasida aholining energiya samaradorligi bo‘yicha xabardorlik darajasini aniqlash uchun maxsus onlayn savolnoma (O’zbek, Rus, Ingiliz tillarida) o‘tkazilmoqda. Savolnoma loyihaning texnik konsultantlari, Juru va AETS (Fransiya) mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, yig’ilgan ma’lumotlar loyihaning iqtisodiy va texnik asoslarini shakllantirishda foydalaniladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
BY MINENERGY.UZ
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/minenergy_uz/16078