group-telegram.com/huquqiytargibot/30683
Last Update:
Sirdaryo tumanida davlat xizmatlari sifati muhokama qilindi
Sirdaryo tumanida davlat tashkilotlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tuman hokimi Azizbek Turdimurodov rahbarligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin Ernazarov hamda tegishli xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama davomida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, byurokratik to‘siqlar, murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmasligi kabi masalalarga e’tibor qaratildi hamda aniqlangan holatlar asosida tizimdagi kamchiliklar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholining davlat xizmatlaridan mamnunligini oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.
▶️ Kanalga ulanish:👉https://www.group-telegram.com/pl/huquqiytargibot.com
BY SIRDARYO_ADLIYA BOSHQARMASI (Rasmiy kanal)
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/huquqiytargibot/30683