Telegram Group Search
Olimpiya shaharchasidagi stadionda davlatimiz rahbari ishtirokida Prezident Olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

На стадионе Олимпийского городка с участием главы нашего государства проходит церемония открытия Президентской Олимпиады.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Istaklarini yenga olganlar bukilmas insonlardir. O‘zini mag‘lub eta olganlar jasur va mardonadirlar!

Aristotel
#kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI

1996-yil 27-noyabr – Oʻzbekiston va Turkmaniston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida “Xalqaro daryoda yoʻlovchi va yuk aloqasi toʻgʻrisida” Bitim imzolandi. Unga koʻra, tomonlar suv kemalaridagi bojxona hujjatlari, bojxona tamgʻalari, muhrlar va shtamplarning bosilgan izini va rasmiy belgilarni oʻzaro tan olish, ikkinchi Tomon davlati hududiga qoʻyilgan kemani taʼmirlash uchun ehtiyot qismlarni olib kirish va olib chiqib ketish bojxona bojlarini toʻlashdan ozod qilinishi belgilandi.

2003-yil 27-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Hujjat 2024-yil 1-noyabrga qadar amal qildi.

2011-yil 27-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati oʻrtasida “Terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga, shuningdek boshqa jinoyatlarga qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida” Bitim imzolandi. Unga asosan Bojxona qoʻmitasi mazkur Bitimni amalga oshirishga masʼul vakolatli organlar roʻyxatiga kiritildi.

2012-yil 27-noyabr – Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Hujjat 2016-yil 25-aprelga qadar amal qildi.

2012-yil 27-noyabr – Bojxona ishi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

2018-yil 27-noyabr – Prezident Farmoniga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan samolyotlar, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan samolyotlar, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchungina foydalaniladigan servis inventari uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun undiriladigan yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan ozod etildi.

2020-yil 27-noyabr – Hukumatning “Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan chetdan olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

2024-yil 27-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi.

2024-yil 27-noyabr – Rossiya Federal bojxona xizmati rahbari V.Pikalyov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Yallama” chegara bojxona postida boʻlishdi.
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Samarqandda o‘tkazilayotgan CITES CoP20 sessiyasi tafsilotlari
#27nov

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍1
Bojxona nazoratini chetlab oʻtishga boʻlgan navbatdagi urinish amalga oshmadi.

Chegara bojxona postlari orqali huquqbuzarlar turli nayranglar ostida taqiqlangan tovarlarni yoki giyohvandlik vositalarini mamlakatimizga yashirib olib kirishga urinish holatlari hamon uchramoqda.

Ana shunday holat “Jartepa” chegara bojxona postida giyohvandlik vositasini bojxona nazoratidan yashirincha olib kirish maqsadida ayyorona usul bilan sodir etilgan navbatdagi qonunbuzarlik holati fosh qilindi.

Qoʻshni davlatdan Oʻzbekistonga oʻtish uchun “yashil” yoʻlak orqali harakatlangan fuqaro shubha uygʻotganligi sababli sinchkovlik bilan bojxona nazoratidan oʻtkaziladi.

Natijada, fuqaroning choʻntagidagi nos tamakisi oʻrami ichiga 0,81 gr. “geroin” giyohvandlik vositasi yashirilgani fosh boʻldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
👍1
Inson borki, mehrga, eʼtiborga ehtiyoj sezadi va kimningdir koʻnglini koʻtarish, holidan xabar olish asl insoniylikdandir.

3-dekabr — “Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni”. Mazkur sana munosabati bilan Samarqandda shahrida qator tadbirlar oʻtkazildi. Tadbirda viloyat hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat bojxona boshqarmasi hamda boshqa bir qator idora mutasaddilari ishtirok etishdi.

Dastavval viloyat musiqali drama teatrida konsert dasturi tashkil qilinib, unda isteʼdodli yoshlarning chiqishlari hamda sanʼat ustalari tomonidan ijro etilgan shoʻx kuy va qoʻshiqlar yangradi.

Tashkilotchilar tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun Samarqand shahridagi ziyoratgohlar va “Turizm markazi” ga sayohat uyushtirilib, “Zilol baxt” bazmgohida tushlik va madaniy tashkil etildi.

Bayram tadbiri koʻtarinki ruhda tashkil etilib, koʻngli oʻksik insonlarga yuksak ehtirom koʻrsatildi.
👍2
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️ Божхона кодексига ўзгартиришлар киритилди


📙 Бундан ташқари, Қонун билан Божхона кодексига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.

Унга кўра, бож тарифи билан белгиланган ставкалар миқдоридаги божхона божлари, товарни жўнатувчи ва экспорт қилувчи мамлакатдан қатъи назар, Ўзбекистон савдо-иқтисодий муносабатларида энг кўп қулайлик бериш режимини қўллаётган мамлакатларда ишлаб чиқарилган товарларга нисбатан қўлланилади.

💰 Савдо-иқтисодий муносабатларда энг кўп қулайлик бериш режими назарда тутилмаган мамлакатларда ишлаб чиқарилган ёхуд ишлаб чиқарилган мамлакати аниқланмаган товарларга нисбатан бож тарифидан ташқари қуйидаги миқдорларда қўшимча божхона божи ундирилади:

🔹 божхона божининг адвалор ставкаси тури 10 фоизгача бўлган товарларга нисбатан – 5 фоиз;

🔹 божхона божининг адвалор ставкаси 10 фоиздан 20 фоизгача бўлган товарларга нисбатан – 10 фоиз;

🔹 божхона божининг адвалор ставкаси 20 фоиздан 30 фоизгача бўлган товарларга нисбатан – 15 фоиз;

🔹 божхона божининг адвалор ставкаси 30 фоиз ва ундан юқори бўлган товарларга нисбатан – 20 фоиз.

📌 Мазкур Қонун расмий эълон қилинган кунда эътиборан 3 ой ўтгач кучга киради.

Каналга уланиш👇👇👇
https://www.group-telegram.com/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisida"gi nizomning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi.

✔️Loyihada xorijiy tajriba va xalqaro tashkilotlarning tavsiyalariga ham asoslanildi.

Loyihada:

➡️ Vakolatli iqtisodiy operatorlar uchun yangi soddalashtirishlar kiritilmoqda;

➡️Bojxonadan tashqari boshqa vazirlik va idoralar tomonidan qoʻllaniladigan soddalashtirishlar ham belgilanmoqda;

➡️Vakolatli iqtisodiy operator maqomi beriladigan tadbirkorlik subyektlari toifasiga ishlab chiqaruvchilar ham kiritilmoqda;

➡️ Vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish uchun tanlash mezonlari takomillashtirilmoqda;

➡️Vakolatli iqtisodiy operator logotipi dizayni tasdiqlanmoqda.

Bugungi kunda ushbu nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirilgan boʻlib, ushbu loyiha yuzasidan oʻz fikr va takliflaringizni bildirishlaringiz mumkin.
1
Forwarded from ZAMON | RASMIY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
16:00  27.11.2025

Tabiatni muhofaza qilish borasida xalqaro hamkorlik

#Samarqand

muhbir: Mo‘tabar Nurmuhammedova

https://www.group-telegram.com/zamon_lavhalar
2025/11/28 03:16:14
Back to Top
HTML Embed Code: