🦮Xizmat itlari patrul xizmatini boshladi⚔️😂O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda
Milliy gvardiya tomonidan jamoat joylarida — xususan,
xiyobonlar, istirohat bog‘lari va bozorlarda giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar noqonuniy aylanmasining oldini olish maqsadida xizmat itlaridan foydalanish tartibini belgilovchi qo‘shma qaror qabul qilindi.
📌Mazkur qarorga muvofiq, dastlab
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida joylashgan jamoat joylarida xizmat itlari bilan birgalikda patrul naryadlari tajriba-sinov tariqasida faoliyat boshladi.
🚨Hozirda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Kinologiya bo‘limi xodimlari “Tashkent City Mall” savdo majmuasi, “City Park”, “Dream Park” va “Magic City” ko‘ngilochar maskanlarida xizmat faoliyatini olib bormoqda.
🦮Xizmat itlari yordami jinoyatlarning oldini olishda, xususan, fuqarolarga yoki xodimlarga hujum uyushtirish holatlarini bartaraf etishda, jinoyat sodir etgandan keyin yashirinayotgan shaxslarni aniqlash va ushlashda, shuningdek, qo‘lga olingan shaxslarning qochishga urinishi yoki atrofdagilarga zarar yetkazish ehtimoli mavjud vaziyatlarda qo‘llaniladi.
🏠 Qarorga muvofiq, jonivorlarning xizmat davomiyligi ob-havo harorati
+30°C dan yuqori yoki
+1°C dan past bo‘lgan paytlarda
4 soatdan oshmasligi belgilangan. Zarurat tug‘ilganda, xizmat itlari uchun kichik hajmli maxsus volyerlar o‘rnatilishi ham rejalashtirilgan.
⸻
🦮Служебные собаки приступили к патрульной службе⚔️😂Министерством внутренних дел и
Национальной гвардией Республики Узбекистан принято совместное решение, определяющее порядок использования служебных собак в общественных местах - в частности,
в скверах, парках отдыха и на рынках - с целью предотвращения незаконного оборота наркотических средств и психотропных веществ.
📌В соответствии с этим постановлением, патрульные наряды совместно со служебными собаками в качестве эксперимента начали деятельность в общественных местах, расположенных в городах
Ташкент и Нукус, а также в областных центрах.
🚨В настоящее время сотрудники отдела кинологии Главного управления внутренних дел города Ташкента несут службу в торговом комплексе "Tashkent City Mall" и развлекательных центрах "City Park," "Dream Park" и "Magic City."
🦮Помощь служебных собак применяется для предупреждения преступлений, в частности, при пресечении случаев нападения на граждан или сотрудников, обнаружении и задержании лиц, скрывающихся после совершения преступления, а также в ситуациях, когда задержанные пытаются сбежать или могут причинить вред окружающим.
🏠 Согласно решению, продолжительность службы животных не должна превышать
4 часов при температуре воздуха
выше +30°C или
ниже +1°C. При необходимости также планируется установка специальных небольших вольеров для служебных собак.
YouTube |
Facebook |
Instagram |
Web-site |
Telegram-bot