#Zakovat
Talabalar o‘rtasida “Biz tabiat himoyachilarimiz” eko zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi
Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi bilan hamkorlikda “Biz tabiat himoyachilarimiz” shiori ostida eko zakovat intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 10 ta faol va izlanuvchan jamoa o‘zaro bilimlar sinovidan o‘tdi.
👉Batafsil

Intellektual o‘yin davomida talabalarga ekologiya, chiqindilarni qayta ishlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil hayot tarzi va global ekologik muammolarga oid savol-javoblar taqdim etildi.
👉Batafsil
@navdu_navsu
👍4❤3👏1💯1
Bugun dunyoning yetakchi mamlakatlari bilimli, salohiyatli yoshlarni tarbiyalashga alohida eʻtibor qaratmoqda. Bu bejiz emas. Zero, har qanday davlat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar jarayonida jahon andozalari darajasida bilim olgan, zakovatli, har tomonlama barkamol milliy kadrlarga ehtiyoj sezadi. Bugun oliy taʻlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga sifatli taʻlim berish, hayotini yaxshilash, eng muhimi, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, "5 muhim tashabbus"ning to'rtinchisi "yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish" maqsadida Tillar fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan 3-sonli TTJda "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. Unda talaba-qizlar kurslar kesimida o'zaro bellashdilar. Har tomonlama zukko qizlarimiz 4 guruh bo'lib yana bir bor intellektlarini sinovdan o'tkazishdi.
@navdu_navsu
❤33🔥9👍5🎉3🤩3🥰2👏2😍2
Kitob — inson tafakkurining qanoti
Talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Tillar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti, filologiya va tillarni oʻqitish yoʻnalishi talabalari va tyutorlari Axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda 3-sonli TTJ da “Mutolaa” nomli kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.

Unda Ahmad Lutfiy Qozonchining “Qaynona” asari yuzasidan shartlar tuzildi. Tanlov qiziqarli, ibratli, talabalarnin kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaaga mehr uyg‘otish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga hamda yoshlarning ma'naviy dunyosini boyitishga xizmat qildi.
@navdu_navsu
❤7👍1
#qonunchilik_yangiliklari
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi
Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.
Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi.
Kasbiy ta’lim agentligi:
➖ texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi;
➖kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi.
➖Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi.
➖Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi.
2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek:
🟢davlat kasbiy ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.
🟢Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi
Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlandi.
Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.
Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi.
Kasbiy ta’lim agentligi:
➖ texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi;
➖kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi.
➖Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi.
➖Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi.
2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek:
🟢davlat kasbiy ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.
🟢Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi.
Bizni kuzating