Telegram Group Search
TTYSIda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talaba qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talaba qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqani “To‘qimachi” sport klubi menejeri S. G‘afforov, murabbiy B. Boymurotov hamda Dizayn va texnologiyalar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J. Mardonov fakultet tyutorlari bilan hamkorlikda o‘tkazdilar.

Mazkur musobaqa talaba qizlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jamoaviylik va do‘stlik ruhini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Ushbu tadbir davomida qizlar faolligi, epchilligi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi bilan ajralib turdilar. Ular sport orqali nafaqat sog‘lom raqobat muhitini yaratdilar, balki birdamlik va o‘zaro hurmat fazilatlarini ham namoyon etdilar.

🇷🇺 Русский
В ТИТЛП прошли соревнования по волейболу среди студенток в рамках “Олимпиады пяти инициатив”

В Ташкентском институте текстиля и лёгкой промышленности состоялись соревнования по волейболу среди студенток в рамках проекта “Олимпиада пяти инициатив”.

Соревнования были организованы менеджером спортклуба “To‘qimachi” С. Гаффоровым, тренером Б. Боймуротовым и заместителем декана факультета дизайна и технологий Дж. Мардоновым совместно с тьюторами факультета.

Мероприятие было направлено на формирование у девушек здорового образа жизни, повышение интереса к спорту, а также укрепление духа дружбы и командного единства.


🇬🇧 English
Women’s Volleyball Tournament Held at TITLI within the “Five Initiatives Olympiad”

At the Tashkent Institute of Textile and Light Industry (TITLI), a volleyball tournament among female students was held as part of the “Five Initiatives Olympiad”.

The event was organized by S. G‘afforov, manager of the To‘qimachi sports club, coach B. Boymurotov, and J. Mardonov, Deputy Dean for Youth Affairs of the Faculty of Design and Technologies, together with faculty tutors.

The competition aimed to promote a healthy lifestyle among young women, increase interest in sports, and strengthen the spirit of teamwork and friendship.

During the matches, the participants demonstrated energy, agility, and determination to win, creating an atmosphere of healthy competition, mutual respect, and unity.


Rasmiy sahifalarimiz👇

💬 Telegram | 📹 Instagram
🌐Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
DIQQAT, E’LON!

“Besh tashabbus olimpiadasi” — VOLEYBOL MUSOBAQASI!

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan barcha talabalar diqqatiga!
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida II-bosqich (fakultetlararo institut birinchiligi) bo‘lib o‘tadi.
Har bir fakultetdan 8 nafar o‘g‘il va 8 nafar qiz ishtirok etadi!

Sizni qiziqarli sport o‘yinlari, g‘oliblik uchun keskin bahs va yorqin taassurotlar kutmoqda!

Qizlar o‘rtasida fakultetlararo institut birinchiligi
Sana: 27-oktabr
Vaqt: 14:00
Joy: Sport zal

Yigitlar o‘rtasida fakultetlararo institut birinchiligi
Sana: 28-oktabr
Vaqt: 14:00
Joy: Sport zal

🇷🇺 Русский
ВНИМАНИЕ, ОБЪЯВЛЕНИЕ!
«Олимпиада пяти инициатив» — ТУРНИР ПО ВОЛЕЙБОЛУ!

В Ташкентском институте текстиля и лёгкой промышленности состоится II этап (межфакультетское первенство института) в рамках «Олимпиады пяти инициатив».
От каждого факультета участвуют 8 юношей и 8 девушек!

Вас ждут захватывающие игры, напряжённая борьба за победу и яркие впечатления!

Первенство института среди девушек
Дата: 27 октября
Время: 14:00
Место: Спортзал

Первенство института среди юношей
Дата: 28 октября
Время: 14:00
Место: Спортзал

Приглашаем всех поддержать участников и насладиться спортивным азартом!


🇬🇧 English
ATTENTION! ANNOUNCEMENT!
“Five Initiatives Olympiad” — VOLLEYBALL TOURNAMENT!

All students of the Tashkent Institute of Textile and Light Industry (TITLI) are invited to take part in the 2nd stage (interfaculty institute championship) of the “Five Initiatives Olympiad.”
Each faculty will be represented by 8 male and 8 female players!

Exciting matches, intense competition, and unforgettable emotions await you!

Interfaculty Championship among Girls
Date: October 27
Time: 14:00
Venue: Sports Hall

Interfaculty Championship among Boys
Date: October 28
Time: 14:00
Venue: Sports Hall

We invite everyone to cheer for their teams and enjoy the energy of the game!


Fakultetlararo institut bosqichini tomosha qilish yoki ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun barchani taklif qilamiz!

Rasmiy sahifalarimiz👇

💬 Telegram | 📹 Instagram
🌐Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍2
“Xalq so‘zi” gazetasida maqola chop etildi!

“Xalq so‘zi” gazetasining №219 (9114) sonida Iqtisodiyot fakulteti dekani, Xudoykulov Mamarasul Radjabovichning “O‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlar” sarlavhali maqolasi chop etildi.

Maqolada O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida imzolangan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimi haqida so‘z boradi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga tashrifi davomida imzolangan ushbu bitim ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi ta’kidlanadi.

Maqolada quyidagi asosiy fikrlar ilgari surilgan:
• Ushbu bitim savdo, investitsiya, xavfsizlik, ekologiya va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytiradi.
• Yevropa mamlakatlari bilan o‘zaro ishonch va manfaatli sheriklik O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Diplomatik va tinchlikparvar yondashuv O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshiradi.
Tashqi aloqalarni diversifikatsiya qilish, ya’ni turli davlatlar bilan barqaror va teng asosda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mamlakat taraqqiyoti uchun muhim omil ekani aytilgan.
• Yangi bosqichdagi hamkorlik strategik ishonch va o‘zaro manfaatga asoslanadi, bu esa barqaror taraqqiyotga zamin yaratadi.

Yakunda muallif – Mamarasul Xudoyqulov, TTYSI Iqtisodiyot fakulteti dekani, iqtisodiyot fanlari doktori – bu bitimni O‘zbekistonning xalqaro siyosati va iqtisodiy aloqalarida muhim burilish nuqtasi sifatida baholaydi.


🇷🇺 Русский
Статья опубликована в газете «Халк сузи»!

В газете «Халк сузи» №219 (9114) опубликована статья декана факультета экономики Худойкулова Мамарасула Раджабовича под заголовком «Дружественные отношения, основанные на взаимном доверии».

В статье подчёркивается важность формирования атмосферы взаимного уважения, доверия и позитивного взаимодействия в образовательных учреждениях.

📖 Поздравляем коллектив ТИТЛП с этим достижением и желаем дальнейших успехов в научной и духовной деятельности!


🇬🇧 English
An article published in “Xalq So‘zi” newspaper!

An article titled “Friendly Relations Based on Mutual Trust” by Mamarasul Khudoykulov, Dean of the Faculty of Economics, was published in issue №219 (9114) of the “Xalq So‘zi” newspaper.

The article highlights the importance of building an environment of respect, trust, and positive cooperation within educational institutions.

📖 Congratulations to the TITLI community on this achievement! We wish continued success in academic and moral endeavors.


Batafsil: "Xalq so'zi" gazetasi № 219 24.10.2025

📖 TTYSI jamoasini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va ilmiy hamda ma’naviy faoliyatda yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!


Rasmiy sahifalarimiz👇

💬 Telegram | 📹 Instagram
🌐Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍87🔥2🎉2👏1
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasi Xitoydagi seminarda ishtirok etmoqda

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (TTYSI) delegatsiyasi Suzhou Texnologiya Universitetida (Xitoy) bo‘lib o‘tayotgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.

Seminar doirasida TTYSI, Suzhou Texnologiya Universiteti hamda “Changshu Apparel City Group Co., Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida to‘qimachilik mahsulotlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur hujjat to‘qimachilik mahsulotlari sifatini oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish, o‘zaro ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, shuningdek, mutaxassislar o‘rtasida kasbiy tajriba almashishni kuchaytirishga qaratilgan.

Uch tomonlama bitimning imzolanishi TTYSI, Suzhou Texnologiya Universiteti va Changshu Apparel City Group Co., Ltd. o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda yengil sanoat sohasida qo‘shma loyihalar uchun yangi istiqbollarni ochish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

🇷🇺 Русский
Делегация ТИТЛП принимает участие в семинаре в Китае

Делегация Ташкентского института текстильной и лёгкой промышленности (ТИТЛП) принимает участие в международном семинаре, проходящем в Технологическом университете Сучжоу (Китай).

В рамках семинара был подписан трёхсторонний договор о сотрудничестве в области сертификации текстильной продукции между ТИТЛП, Технологическим университетом Сучжоу и компанией “Changshu Apparel City Group Co., Ltd.”

Соглашение направлено на повышение качества текстильной продукции, внедрение международных стандартов, развитие научно-исследовательской и инновационной деятельности, а также укрепление профессионального обмена между специалистами.

Подписание данного соглашения стало важным шагом на пути укрепления научно-технического и делового сотрудничества между ТИТЛП, Технологическим университетом Сучжоу и Changshu Apparel City Group Co., Ltd., а также открыло новые перспективы для совместных проектов в сфере лёгкой промышленности.


🇬🇧 English
TITLI delegation participates in a seminar in China

The delegation of the Tashkent Institute of Textile and Light Industry (TITLI) is taking part in an international seminar held at Suzhou University of Technology (China).

Within the framework of the seminar, a tripartite cooperation agreement on textile product certification was signed between TITLI, Suzhou University of Technology, and Changshu Apparel City Group Co., Ltd.

The agreement aims to improve the quality of textile products, implement international standards, promote joint research and innovation activities, and enhance professional exchange among specialists.

The signing of this tripartite memorandum marks an important step toward strengthening scientific and technical cooperation between TITLI, Suzhou University of Technology, and Changshu Apparel City Group Co., Ltd., as well as opening up new prospects for joint projects in the light industry.


Rasmiy sahifalarimiz👇

💬 Telegram | 📹 Instagram
🌐Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
TTYSI delegatsiyasi “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro tashabbusi doirasidagi seminarda ishtirok etmoqda

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasi Suzhou Texnologiya Universitetida (Xitoy) bo‘lib o‘tayotgan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi sanoat va ta’lim integratsiyasiga bag‘ishlangan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.

Ushbu tadbirda TTYSI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N. Mirzayev hamda To‘qimachilik muhandisligi fakulteti dekani S. Patxullayev boshchiligidagi delegatsiya vakillari qatnashmoqda.

Seminar davomida N. Mirzayev so‘zga chiqib, O‘zbekistonning yengil sanoat sohasidagi salohiyati, TTYSIda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

U o‘z chiqishida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy innovatsiyalar orqali barqaror rivojlanish hamda xalqaro tajriba almashishning ahamiyatini ta’kidladi.

Bu ishtirok TTYSI uchun xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalar va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🇷🇺 Русский
Делегация ТИТЛП участвует в международном семинаре в рамках инициативы “Один пояс, один путь”

Делегация Ташкентского института текстильной и лёгкой промышленности (ТИТЛП) принимает участие в международном семинаре, проходящем в Технологическом университете Сучжоу (Китай) в рамках инициативы “Один пояс, один путь”, посвящённом вопросам интеграции образования и промышленности.

В мероприятии принимает участие делегация под руководством проректора по научной работе и инновациям Н. Мирзаева и декана факультета текстильного инжиниринга С. Патхуллаева.

В ходе семинара Н. Мирзаев выступил с речью, в которой рассказал о потенциале лёгкой промышленности Узбекистана, научных исследованиях, инновационных разработках и международных партнёрских связях ТИТЛП.

Он подчеркнул важность укрепления связей между образованием и производством, развития инноваций для устойчивого роста и обмена международным опытом.

Это участие стало значимым шагом в направлении расширения международного научного сотрудничества и реализации совместных проектов в сфере лёгкой промышленности.


🇬🇧 English
TITLI delegation participates in the “Belt and Road” international seminar

The delegation of the Tashkent Institute of Textile and Light Industry (TITLI) is taking part in an international seminar held at Suzhou University of Technology (China) within the framework of the “Belt and Road” initiative, focused on industry–education integration.

The event features a delegation led by Vice-Rector for Research and Innovation N. Mirzayev and Dean of the Faculty of Textile Engineering S. Patkhullayev.

During the seminar, N. Mirzayev delivered a speech, highlighting Uzbekistan’s potential in the light industry, the research and innovation projects conducted at TITLI, and the institute’s growing international cooperation.

In his address, he emphasized the importance of strengthening the link between education and production, promoting innovation for sustainable development, and expanding international collaboration.

This participation marks an important step for TITLI toward enhancing global academic cooperation and launching new joint projects in the field of light industry.


Rasmiy sahifalarimiz👇

💬 Telegram | 📹 Instagram
🌐Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
2025/10/24 11:42:37
Back to Top
HTML Embed Code: