group-telegram.com/ttysi_uz/8383
Last Update:
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasi Xitoydagi seminarda ishtirok etmoqda
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (TTYSI) delegatsiyasi Suzhou Texnologiya Universitetida (Xitoy) bo‘lib o‘tayotgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.
Seminar doirasida TTYSI, Suzhou Texnologiya Universiteti hamda “Changshu Apparel City Group Co., Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida to‘qimachilik mahsulotlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur hujjat to‘qimachilik mahsulotlari sifatini oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish, o‘zaro ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, shuningdek, mutaxassislar o‘rtasida kasbiy tajriba almashishni kuchaytirishga qaratilgan.
Uch tomonlama bitimning imzolanishi TTYSI, Suzhou Texnologiya Universiteti va Changshu Apparel City Group Co., Ltd. o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda yengil sanoat sohasida qo‘shma loyihalar uchun yangi istiqbollarni ochish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
🇷🇺 Русский
Делегация ТИТЛП принимает участие в семинаре в Китае
Делегация Ташкентского института текстильной и лёгкой промышленности (ТИТЛП) принимает участие в международном семинаре, проходящем в Технологическом университете Сучжоу (Китай).
В рамках семинара был подписан трёхсторонний договор о сотрудничестве в области сертификации текстильной продукции между ТИТЛП, Технологическим университетом Сучжоу и компанией “Changshu Apparel City Group Co., Ltd.”
Соглашение направлено на повышение качества текстильной продукции, внедрение международных стандартов, развитие научно-исследовательской и инновационной деятельности, а также укрепление профессионального обмена между специалистами.
Подписание данного соглашения стало важным шагом на пути укрепления научно-технического и делового сотрудничества между ТИТЛП, Технологическим университетом Сучжоу и Changshu Apparel City Group Co., Ltd., а также открыло новые перспективы для совместных проектов в сфере лёгкой промышленности.
🇬🇧 English
TITLI delegation participates in a seminar in China
The delegation of the Tashkent Institute of Textile and Light Industry (TITLI) is taking part in an international seminar held at Suzhou University of Technology (China).
Within the framework of the seminar, a tripartite cooperation agreement on textile product certification was signed between TITLI, Suzhou University of Technology, and Changshu Apparel City Group Co., Ltd.
The agreement aims to improve the quality of textile products, implement international standards, promote joint research and innovation activities, and enhance professional exchange among specialists.
The signing of this tripartite memorandum marks an important step toward strengthening scientific and technical cooperation between TITLI, Suzhou University of Technology, and Changshu Apparel City Group Co., Ltd., as well as opening up new prospects for joint projects in the light industry.










