group-telegram.com/yoshlikjurnali/5796
Create:
Last Update:
Last Update:
#olis_yaqin_ovozlar
SEVSANG
Sevsang,
Menga oy olib berma,
Sevsang, faqat ko‘nglingni bergin.
Yulduzlardan yasama marjon,
Hislarimdan marjonlar tergin.
Sevsang,
Gullar keltirma zinhor,
Loyiq emas ular so‘lishga.
Sevsang, mangu keltirgin bahor,
Men roziman guling boʻlishga.
Sevsang,
Sehrlab qo‘ygin yuragim,
Baxtga loyiq hislaring bilan.
Sevsang,
Muhabbatdan uygʻonsa tonggim,
Kel, ko‘nglimdan orzular tilan.
Sevsang,
Menga oy olib berma,
Koʻnglingni ber, olmagin qaytib.
Sevsang, men ham koʻngil beraman
Qalb koʻzimiz toʻqnashgan payti.
Shahzoda Orifjonova