Telegram Group & Telegram Channel
Isroilning Yaqin Sharqdagi strategiyasi

Tahlillar shuni ko’rsatadiki, Isroilning mintaqadagi strategiyasi ikki asosiy yo‘nalishga tayanadi:

Birinchi, AQShdan harbiy va diplomatik yordamni maksimal darajada olish. Bu Isroilning mudofaa qobiliyatini kuchaytirishga va arab davlatlari bilan munosabatlarni normallashtirishga yordam beradi.

Ikkinchi, Hamas, Eron va ularning ittifoqchilari (Livandagi “Hizbulloh”, Yamandagi husiylar, Suriyadagi va Iroqda joylashgan proksi kuchlar) tomonidan keladigan tahdidni yo‘q qilish.

Bu yo‘nalishlar AQShning Yangi Yaqin Sharq”ni yaratish rejasiga bog‘liq: Isroil Yaqin Sharq va Yevropa o‘rtasida logistika va energetika markazi rolini o‘ynashi ko’zda tutilgan.

Isroilning 2023-yil 7-oktabrda Hamasning hujumiga javoban boshlangan G‘azo sektoridagi harbiy kampaniyasi genotsidi bu maqsadlarga erishishni murakkablashtirmoqda. Bu hujum AQSh tomonidan ilgari surilayotgan Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish jarayonini buzishga qaratilgan edi. Ushbu davlatlar o‘rtasida savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatilishi arab monarxiyalaridan neftni Isroil orqali Yevropa va AQShga yetkazib berish yo‘nalishini ochadi. Shunday qilib, AQSh Eron bilan bog‘liq bo‘lgan O’rmuz bo‘g‘ozi va Suvaysh kanaliga bo‘lgan qaramlikni bartaraf etgan holda, Eronni harbiy intervensiya bilan nishonga olish imkoniga ega bo’ladi.

Isroilni logistika markaziga aylantirishga asosiy qarshilik ko‘rsatayotganlar qatoriga Tehron, Bayrut, Damashq, Bag‘dod va Sana kiradi. Hamasning harbiy salohiyati allaqachon zaiflashtirilgan, va G‘azo sektori asosiy tahdidlar ro‘yxatidan chiqarilgan. Shunga qaramay, Eron va “Hizbulloh” o‘zlarining harbiy kuchi va Isroil chegaralariga yaqinligi sababli eng katta xavf hisoblanadi.

Tramp Isroil va arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan “Ibrohim kelishuvlari” strategiyasini davom ettiradi. 2020-2021-yillarda AQSh vositachiligida Isroil BAA, Bahrayn, Marokash va Sudan bilan aloqalarni normallashtirdi. Saudiya Arabistoni va boshqa Fors ko‘rfazi monarxiyalari bu jarayonga “falastin” va “eron” masalalari hal qilinganidan keyin qo‘shilishi mumkin.

Agar Vashington Eronni sanksiyalarni olib tashlash bo‘yicha saxovatli shartlar bilan ishontira olsa, bu Tehronning falastinliklar va proksi kuchlarini qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishiga olib kelishi mumkin. Livandagi “Hizbulloh” bilan tuzilgan sulh shia guruhlarini muzokaralar orqali tiyib turish imkoniyatini ko‘rsatdi.

Isroil bosh vaziri Netanyaxu va uning radikal hukumati butun Falastin hududida yahudiy yashash manzillarini kengaytirishga intilmoqda. Buning uchun ular Erondan va uning ittifoqchilaridan keladigan tahdidlarni bartaraf etishlari kerak. Bu kontekstda, Iordan daryosining g‘arbiy sohilida Isroil Falastin davlatchiligini bostirish bo‘yicha yangi kampaniyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Umuman olganda, “Falastin” va “Eron” masalalarini hal qilish Isroil va arab davlatlari o‘rtasida to‘liq normallashtirish yo‘lini ochadi. Bu, shuningdek, Isroilning Yaqin Sharqda kuchlar muvozanatini saqlashga intilayotgan Rossiya manfaatlari bilan to‘qnashuvini kuchaytiradi.

@erontahlili
4👍3🔥3

group-telegram.com/erontahlili/518
Create:
Last Update:

BY Eron-Turkiya: tahlil va xabarlar

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/erontahlili/518

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Such instructions could actually endanger people — citizens receive air strike warnings via smartphone alerts. Ukrainian President Volodymyr Zelensky said in a video message on Tuesday that Ukrainian forces "destroy the invaders wherever we can." Update March 8, 2022: EFF has clarified that Channels and Groups are not fully encrypted, end-to-end, updated our post to link to Telegram’s FAQ for Cloud and Secret chats, updated to clarify that auto-delete is available for group and channel admins, and added some additional links. Telegram does offer end-to-end encrypted communications through Secret Chats, but this is not the default setting. Standard conversations use the MTProto method, enabling server-client encryption but with them stored on the server for ease-of-access. This makes using Telegram across multiple devices simple, but also means that the regular Telegram chats you’re having with folks are not as secure as you may believe.
from sa

Telegram Eron-Turkiya: tahlil va xabarlar
FROM American