group-telegram.com/fathiyyanabijon/1632
Last Update:
#eslatma
Bugun mo‘minlar uchun qanday ham yaxshi kun:
~Tongi saharlik
~Kunduzi juma
~Oqshomi iftorlik
~Kechasi esa inshaallah qadr kechasi…
Bir kunga minglab rahmatni va bir qancha duo ijobat bo‘ladigan vaqtlarni sig‘dirgan Robbimning fazli ila bu kunlarga yetib keldik, alhamdulillah.
Haris bo‘ling, bugun ramazonning 27-kechasi, qadr kechasi ehtimoli juda ham katta bo‘lgan muborak kecha.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qadr kyechasi borasida: “U 27-yoki 29-kechadir. Ushbu kecha yerda farishtalar soni mayda toshlardan ham ko‘p bo‘ladi”, dedilar (Imom Ahmad rivoyati).
Bugunni har daqiqasini g‘animat bilib ibodatga sho‘ng‘ing, ibodatdan toliqsangiz, eng yengili zikrga yopishing.
Ishni zikrlarning toji, iymon kalimasidan boshlab, iymoningizni yangilab oling;
“La ilaha ilalloh muhammadur rasululloh Ashhadu alla ilaha ilalloh va ashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh.”
Undan kyeyin bugun aytilishi shart bo‘lgan afv duosi bilan tilingizni charchating;
"Allohumma, innaka ʼafuvvun, tuhibbul-ʼafva faʼfu ʼanniy"
Ana endi juma kunining haqqini berib, Rosululloh alayhissalomga salom yo'llang;
“Allohumma solli ʼala Muhammadin va ʼala ali Muhammad.”
Bir soniyangiz ham Allohning zikrisiz o‘tmasin bugun.
Chunki bugun ozgina amallar, million, million ajrga sotiladigan kun bo‘lishi mumkin…
Zero sanoqli kunlar qoldi afv oyining tugashiga, mana shu sanoqli kunlarni g‘animat biling.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ushbu oxirgi o‘n kunlik haqida : «Alloh uchun ushbu o‘n kunlikda qilinadigan solih amallardan ko‘ra sevimliroq amal yo’qdir», dedilar.
Shunda Sahobalar:
“Ey Rasululloh! Alloh yo'lida jihod qilish ham-mi?”, deb so‘raganlarida.
U zot: «Ha, Alloh yo'lida jihod ham. Faqat bir kishi o‘z joni va moli bilan chiqib, undan biron narsasiz qaytib kelsa, bundan mustasno», deganlarini unutmang.
(Buxoriy rivoyati).
(c) kanallardan biri
@fathiyyanabijon
BY Fathiyya Nabijon
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/fathiyyanabijon/1632