group-telegram.com/qodiriy_abdulla/16042
Create:
Last Update:
Last Update:
#Raqamli_avlod_qizlari
"Raqamli avlod qizlari" ning xitoylik ishtirokchilari: "O‘zbekistonga safarimizni intizorlik bilan kutyapmiz"
Xitoyning “Yinghua Academy” o‘quvchilari va ustozlaridan iborat jamoa mazkur IT tadbirda o‘zbekistonlik o'quvchilar bilan birgalikda tajriba almashishlari kutilmoqda:
➖ Qadimgi Ipak yo‘lidan tortib to bugungi raqamli davrgacha Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida mustahkam do‘stlik mavjud bo‘lib kelgan.
Mazkur sayohatimiz orqali biz nafaqat texnologiyalar va yangi bilimlarni egallash niyatidamiz, balki o‘zbek yoshlari bilan yanada yaqin do‘stlik aloqalarini o‘rnatamiz, deb umid qilaman.
➖ "Raqamli avlod qizlari" loyihasi orqali o‘z g‘oyalarimizni o‘rtoqlashish, turli davlatlardan do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. O‘zbekistonga safarimizni intizorlik bilan kutyapmiz.
➖ Maktabimizda o‘zbekistonlik ko‘plab sinfdoshlarimiz ham bor. Biz ular bilan ko‘pincha birga shug‘ullanamiz. Oramizda samimiy do‘stlik aloqalari shakllanib ulgurgan.
____________
Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmadingizmi? Unda shoshiling!
🔴 qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali arizalar qabuli davom etmoqda.
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook