Telegram Group & Telegram Channel
#korrupsiya

Soliq qo‘mitasida: «Halollik vaksinasi» va korrupsiyaga qarshi immunitet

Soliq organlarida korrupsiyaning oldini olish, xodimlarda halollikka sadoqat ruhini kuchaytirish maqsadida qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ma’naviyat va madaniyat sohalarining malakali vakillarini jalb etgan holda, qo‘mita markaziy apparati va barcha hududiy soliq organlarida har juma kuni kasbiy-tarbiyaviy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda. Bu tadbirlar orqali, ayniqsa yosh xodimlarda korrupsiyaga qarshi immunitet shakllantirish, ularni «halollik vaksinasi» bilan emlash maqsad qilingan.

Soliq qo‘mitasida Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi Komplayens-nazorat bo‘limi tashabbusi bilan qo‘mita majlislar zalida qo‘mita markaziy apparati, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi hamda Soliq ma’lumotlarini qayta ishlash markazi DUK xodimlari ishtirokida jamoaviy profilaktik suhbat o‘tkazildi. Unda korrupsiyaning barvaqt oldini olishning ahamiyatiga asosiy e’tibor qaratildi.

Har bir hududda o‘tkazilgan profilaktik suhbatlarda korrupsiya illatining oqibatlari hamda bugungi kunda soliq xodimlari uchun yaratilayotgan sharoitlarga shukronalik bilan yondashib, sharafli kasbda halol va sadoqat bilan mehnat qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarning moddiy ta’minotini yaxshilash, korrupsiyaviy risklar mavjud bo‘lgan funksiyalarni raqamlashtirish va xizmatlarni inson omilisiz ko‘rsatish yo‘nalishida oxirgi yillarda Soliq qo‘mitasi tomonidan amaliy ishlar qilinmoqda.

Xususan, soliq xizmati organlarining hududlardagi birinchi darajali rahbar va o‘rinbosarlari, tuman soliq idoralari boshliqlari hamda ichki nazorat tuzilmalarining 369 nafar xodimlarini “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida “Davlat xizmatida halollikni ta’minlash” va “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimini samarali ishlashini ta’minlash” mavzusida o‘qitish ishlari tashkil etildi.

Bu kabi tadbirlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq organlarida ham muntazam ravishda tashkil etilishi soliq xizmatida shaffoflik, halollik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlab, tizimdagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

group-telegram.com/soliqpressa/20171
Create:
Last Update:

BY Toshkent viloyati soliq boshqarmasi

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqpressa/20171

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

The original Telegram channel has expanded into a web of accounts for different locations, including specific pages made for individual Russian cities. There's also an English-language website, which states it is owned by the people who run the Telegram channels. Ukrainian forces have since put up a strong resistance to the Russian troops amid the war that has left hundreds of Ukrainian civilians, including children, dead, according to the United Nations. Ukrainian and international officials have accused Russia of targeting civilian populations with shelling and bombardments. The regulator said it has been undertaking several campaigns to educate the investors to be vigilant while taking investment decisions based on stock tips. "He has kind of an old-school cyber-libertarian world view where technology is there to set you free," Maréchal said. As the war in Ukraine rages, the messaging app Telegram has emerged as the go-to place for unfiltered live war updates for both Ukrainian refugees and increasingly isolated Russians alike.
from sa

Telegram Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
FROM American