group-telegram.com/tanzilanarbaeva/5193
Last Update:
Unda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, kambag‘allikni qisqartirish va aholining turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qildik.
Viloyatda Sirdaryo, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari joriy etilib, mahallalar sanoat va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgani natijasida aholi bandligi oshgan.
Shu bilan birga, baʼzi tumanlardagi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish kamaygani, mahalliylashtirish dasturi doirasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga hamda yashirin iqtisodiyotni bartaraf etish bo‘yicha yetarli eʼtibor qaratilmagani tanqidiy tahlil qilindi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” va oilaviy tadbirkorlik dasturlarining ijrosida ham ayrim masʼullar tomonidan sustkashlik kuzatilayotgani taʼkidlandi.
Muhokamalar jarayonida oliy darajadagi kelishuvlarga asoslangan “yo‘l xaritalari”ni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari sessiyalarida mutasaddi rahbarlarning dasturlar ijrosi yuzasidan hisobotlarini tinglash borasida zarur ko‘rsatmalar berildi.
@tanzilanarbaeva