Telegram Group & Telegram Channel
MIT va Harvard dunyoning eng TOP o’quv dargohlaridan hisoblanadi. Ularni bu darajaga chiqishini o’ylab ko’rsak bu faqatgina moddiy resursga, insonlarga yoki qayerdandir kelgan qo’llab-quvvatlovga bog’liq emas. To’g’ri bu faktorlar oz bo‘lsa ham rol o’ynagan, lekin bu dargohlarning yuz yillab (MIT 164, Harvard 389 yoshda) yashab qolishi va dunyodagi 50 mingga yaqin universitetlar orasida 1-chi va 2-chi o’rinni egallashida bular asosiy faktor bo’lmagan.

Bu o’quv dargohlarining asrlar davomida insonlarga xizmat ko’rsatishida asosiy faktor bu - loyiha asos solinganida asoschilar o’z oldiga qo’ygan maqsadi, missiyasi va ularning himmatidir! Ya’ni, bu loyihalar chinakamiga dunyoni yaxshilash uchun xizmat qilishi kerak degan niyat va g’oya bilan asos solingan.

John Harvard o’z mulkini yarmini va butun kutubxonasini berishi yoki William Rogers MITni ochish uchun 20 yil harakat qilgani ularning bu yo’ldagi ishtiyoqlari moddiy emas, kattaroq maqsad ortidan bo’lganini bildiradi.

Bu universitetlarga borib, ularning tarixi haqida o’rganib 3 xulosa qildim:
1 - Biror katta ish niyat qilinsa, moddiyat uchun emas, balki Alloh yo’lida, xalq-millat uchun, dunyo obod bo’lishi uchun sidqidildan harakat qilinsa, bu ish bardavom bo’lishi ehtimoli ortadi.
2 - Maqsad qancha katta bo’lsa, sinovlar ham shunga yarasha qiyin bo’ladi. Oxirida natija va hosil ham ulkan bo’ladi.
3 - Amerika dunyoda birinchi raqamli (~$28 trillion) iqtisodiyot bo’lishiga eng ko’p ta’sir qilgan omillardan biri bu uning texnologiya, moliya va innovatsiyalarda global ustunligidir. Buning kaliti esa sifatli va tizimli ta’limda.

Soddaroq qilib aytadigan bo’lsam, O’zbekistonni ko’p yo’nalishlarda yuksaltirishimiz uchun avvalambor ta’limni yuksaltirishimiz kerak!

Fikrlaringiz va izohlaringiz bo’lsa, yozish uchun mana shu matn ustiga bosing!
34👍26🔥19

group-telegram.com/jahongir_pulatov_blog/2627
Create:
Last Update:

BY Jahongir Po’latov | Tavsiya va Maslahat

Share with your friend now:
group-telegram.com/jahongir_pulatov_blog/2627

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

"Like the bombing of the maternity ward in Mariupol," he said, "Even before it hits the news, you see the videos on the Telegram channels." Oh no. There’s a certain degree of myth-making around what exactly went on, so take everything that follows lightly. Telegram was originally launched as a side project by the Durov brothers, with Nikolai handling the coding and Pavel as CEO, while both were at VK. Friday’s performance was part of a larger shift. For the week, the Dow, S&P 500 and Nasdaq fell 2%, 2.9%, and 3.5%, respectively. "The argument from Telegram is, 'You should trust us because we tell you that we're trustworthy,'" Maréchal said. "It's really in the eye of the beholder whether that's something you want to buy into." WhatsApp, a rival messaging platform, introduced some measures to counter disinformation when Covid-19 was first sweeping the world.
from sg

Telegram Jahongir Po’latov | Tavsiya va Maslahat
FROM American