group-telegram.com/press_guzor/2337
Last Update:
#ShGKM #Press_tur #matbuot_anjumani
📍 "Sho‘rtan Gaz Kimyo Majmuasi"da OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirokida press-tur, seminar va matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
🔍 Seminar yakunida ishtirokchilar uchun maxsus ekskursiya tashkil etildi. Unda texnologik jarayonlar, boshqaruv markazi, laboratoriyalar, ishlab chiqarish maydonlari, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, Muhandislik maktabi hamda Majmua muzeyi bilan yaqindan tanishish imkoni yaratildi.
🕑 Kunning ikkinchi yarmida ShGKM bosh direktori Shuhrat Aslanov boshchiligida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
📈 Unda korxonada amalga oshirilayotgan ijtimoiy, ekologik tashabbuslar va yangi loyihalar bo‘yicha axborot berildi.
Bosh direktor OAV vakillari, jurnalist va blogerlarning jamiyatda to‘g‘ri, aniq va tezkor axborotni yetkazishdagi o‘rnini alohida ta’kidladi.
Shu bilan birga, u barchani 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklab, Sho‘rtan Gaz Kimyo Majmuasi har doim OAV uchun ochiqligini va hamkorlikka tayyorligini bildirdi.