group-telegram.com/sambojxonauz/12166
Last Update:
Inson borki, mehrga, eʼtiborga ehtiyoj sezadi va kimningdir koʻnglini koʻtarish, holidan xabar olish asl insoniylikdandir.
3-dekabr — “Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni”. Mazkur sana munosabati bilan Samarqandda shahrida qator tadbirlar oʻtkazildi. Tadbirda viloyat hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat bojxona boshqarmasi hamda boshqa bir qator idora mutasaddilari ishtirok etishdi.
Dastavval viloyat musiqali drama teatrida konsert dasturi tashkil qilinib, unda isteʼdodli yoshlarning chiqishlari hamda sanʼat ustalari tomonidan ijro etilgan shoʻx kuy va qoʻshiqlar yangradi.
Tashkilotchilar tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun Samarqand shahridagi ziyoratgohlar va “Turizm markazi” ga sayohat uyushtirilib, “Zilol baxt” bazmgohida tushlik va madaniy tashkil etildi.
Bayram tadbiri koʻtarinki ruhda tashkil etilib, koʻngli oʻksik insonlarga yuksak ehtirom koʻrsatildi.
BY Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/sambojxonauz/12166
