group-telegram.com/soliq_Live/14111
Last Update:
#shunday_bolishi_mumkinmi?
Korxona birgina ishchi bilan 5 kunda qariyb 46 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajargan va 58 mlrd so'mlik oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilgan
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.
Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.
Misol uchun, Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan “Gold” MChJ (nomi o‘zgartirilgan)ning ustav jamg‘armasi 1 mln so‘mni tashkil etgan.
Shunga qaramay, korxona 2025-yil 8–13-oktabr kunlari (atigi 5 kunda) faqat bitta xodim bilan 103,9 mlrd so‘mlik, shu jumladan 11,1 mlrd so‘m QQS miqdoridagi qurilish-montaj xizmatlari va oziq-ovqat mahsulotlari realizatsiyasi bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan.
Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.
❗️Mazkur tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
_________
#разве_такое_возможно?
Предприятие с одним работником за 5 дней выполнило строительные работы на 46 млрд сумов и реализовало продукты питания на 58 млрд сумов
Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).
Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.
Например, ООО «Gold» (название изменено) было создано для осуществления оптовой деятельности с уставным фондом 1 млн сумов.
За 5 дней в период с 8 по 13 октября 2025 года предприятие, имея всего одного сотрудника, оформило ЭСФ по выполнению строительно-монтажных работ и реализации продовольственных товаров на сумму 103,9 млрд сумов, в том числе 11,1 млрд сумов НДС.
Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.
❗️Данная система будет внедрена с 1 января 2026 года.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
BY Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliq_Live/14111
