group-telegram.com/soliq_Live/14115
Create:
Last Update:
Last Update:
#Bilasizmi
Soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash — jarima solishga sabab boʻladi
👉Soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa obyektlarni qasddan yashirish (kamaytirib koʻrsatish) yoxud soliqlar va yigʻimlar toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
👉 Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
👉 Daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishdan boʻyin tovlash, deklaratsiyani oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish —bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
❗️O‘zbekiston Respublikasining MJTK, 174-modda
Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
BY Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliq_Live/14115