group-telegram.com/soliq_Live/14152
Last Update:
#barqarorlik_reytingi
Imkoniyatlar kengaydi: barqarorlik reytingida 5 ta yangi va 11 ta takomillashtirilgan mezon
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
👉 VMQ-662-son 21.10.2025-yil
Yangi mezonlar:
🔹Foyda solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliq summasi soha, hudud, tadbirkorlik toifasi o‘rtachasidan oshishi – 10 ball
🔹Raqamli markirovkalash qoidalariga (ONKM, 2D-skanerlar) rioya etilishi – 5 ball
🔹Dala cheti mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari tomonidan ekinlar ekilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «e-Fito.uz» tizimiga kiritilgan va samarali deb baholangan bo‘lsa — 10 ball
🔹Ekologik markirovkalash sertifikatining mavjudligini baholashda tadbirkorlik subyekti mazkur sertifikatga ega bo‘lsa — 2 ball
🔹Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortig‘ini o‘rnatganda – 5 ball
Qayta tiklanuvchi energiya samaradorligi:
▫️50 foiz va undan yuqori bo‘lsa – 5 ball;
▫️30–50 foizgacha bo‘lsa – 3 ball;
▫️10–30 foizgacha bo‘lsa – 1 ball beriladi.
👉 Batafsil
✅ Endilikda, qonunlarga rioya etib faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari jami 147 balldan (asosiy mezonlar 100 ball, qo‘shimcha 47 ball) 96 ballni qo'lga kiritib, AAA reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lish imkoniyati oshdi.
Ma'lumot uchun. Reyting ma’lumotlarini real vaqt rejimida Soliq mobil ilovasi hamda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ko‘rish imkoniyati yaratilgan.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
BY Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliq_Live/14152
