group-telegram.com/talim_ber/114
Last Update:
«Kichik qadamlarning kuchi: biz har kuni nima jamlaymiz?»
Yaqinda men Darren Hardy’ning «Jamlanma effekti» («The Compound Effect») kitobini o‘qidim. Meni eng ko‘p hayratlantirgani shuki: har bir tanlovimiz, har bir kichkina amalimiz kelajakda katta natijalar beradi. Biz ko‘pincha bitta muhim lahza yoki katta voqea hayotimizni o‘zgartiradi deb o‘ylaymiz.
Aslida esa, hayotimiz har kuni qiladigan kichik qadamlardan quriladi.
Bu g‘oya meni o‘ylantirdi: bu bizning maktab hayotimizga qanday ta’sir qiladi?
O‘qituvchi ishiga, jamoa muhitiga, bolalarga qanday aks etadi?
Bu — kichkina narsalar har kuni takrorlana borib, katta natijaga aylanadigan jarayon.
Bizning ishimiz ko‘plab kichik muloqotlar tashkil topgan: o‘quvchilar bilan, hamkasblar bilan, ota-onalar bilan. Bir qarashda «bir marta ovoz ko‘tarish» yoki «bir marta jim qolish» ahamiyatsizdek tuyulishi mumkin. Ammo aynan shunday «mayda» narsalardan maktabning umumiy kayfiyati quriladi va o‘quvchilarning kelajagi shakllanadi.
✨ Oddiy narsadan boshlang: har kuni — birta yaxshi so‘z o‘quvchiga yoki hamkasbga.
✨ Ohangga e’tibor bering: hatto tanqidiy gap ham yordam beruvchi, ruhlantiruvchi ohangda aytilsa bo‘ladi.
✨ Odatlarni tizimlashtiring: kichik ijobiy amallarni muntazam qilish katta samara beradi.
©️Darren Hardy shunday deydi:
«Kichik narsalar, vaqtga ko‘paytirilsa, ulkan natija beradi».
Maktab ham ushbu
formulada ishlaydi
Savol: biz nima jamlayapmiz — charchoq va noroziliknimi yoki ishonch va motivatsiyanimi?