Telegram Group & Telegram Channel
O‘z-o‘ziga hamdardlik:
og‘ir kunlarda o‘zingizga suyanch bo‘lish san’ati

Bugun psixologiyada ko‘p o‘rganilgan, hayotiy va samarali yondashuvlardan biri — “o‘z-o‘ziga hamdardlik” (self-compassion) haqida fikr yuritamiz. Bu tushunchani ilmiy asosda tadqiq qilgan olima Kristin Neff o‘z-o‘ziga hamdardlikni insonning o‘zini barqaror tutishiga yordam beradigan kuchli ichki mexanizm sifatida ta’riflaydi.

O‘z-o‘ziga hamdardlik — bu o‘ziga achinish emas.
Bu — qiyin pallada o‘zingizga yaqin insonlarga beradigan mehr, tushunish va qo‘llab-quvvatlashni o‘zingizga ham bera bilishdir.

Neff ushbu yondashuvning uch asosiy tarkibiy qismga ajratadi:
1. O‘ziga mehribon munosabat — o‘zini tanqid qilishga berilmasdan, yumshoq va tushunish bilan yondashish.
2. Umumiy insoniylikni anglash — boshdan kechirayotgan holatingiz faqat sizga xos emasligini, bunday vaziyat deyarli har bir insonda bo‘lishi mumkinligini qabul qilish.
3. Hissiyotlarga ongli nazar — his-tuyg‘ularni inkor qilmay, lekin ularga haddan tashqari berilmasdan, ularni kuzatish.

Neff tomonidan ishlab chiqilgan
Self-Compassion Scale — insonning o‘ziga qay darajada mehribon va tushunadigan bo‘la olishini baholaydigan ilmiy vosita. Ayniqsa, stress, zo‘riqish yoki o‘quv jarayonidagi qiyinchiliklarni tahlil qilishda bu shkala juda foydali.

Bu nima uchun samarali?
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘z-o‘ziga hamdardlik darajasi yuqori bo‘lgan odamlar:
tashvish va hissiy zo‘riqishdan kamroq aziyat chekadilar,
qiyinchiliklardan tezroq tiklanadilar,
xatolarni rivojlanish imkoniyati sifatida qabul qiladilar,
ichki motivatsiyani yo‘qotmaydilar.

Qanday boshlash mumkin?

1️⃣ Stress paytida biroz to‘xtang, yurak ustiga qo‘lingizni qo‘yib, o‘zingizga shunday deb ayting:
“Hozir menga og‘ir. Bu — tabiiy holat. Men o‘zimni qanday qo‘llab-quvvatlay olaman?”
2️⃣ Qog’ozga holatingizni ayblashlarsiz, muloyim ohangda yozing.
3️⃣ O‘zingizdan ruxsat so‘rashga emas, balki o‘zingizga ruxsat berishga o‘rganing:
“Men dam olishga va o’zimga g‘amxo‘rlik qilishga haqliman.”

Unutmang: o‘z-o‘ziga hamdardlik — bu zaiflik emas.
Bu — ichki yetuklik belgisidir.

Rahimov School
Psixologik Xizmati bo’limi ☘️
🔥137👍1

group-telegram.com/talim_ber/127
Create:
Last Update:

BY Ta'lim bering

Share with your friend now:
group-telegram.com/talim_ber/127

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

That hurt tech stocks. For the past few weeks, the 10-year yield has traded between 1.72% and 2%, as traders moved into the bond for safety when Russia headlines were ugly—and out of it when headlines improved. Now, the yield is touching its pandemic-era high. If the yield breaks above that level, that could signal that it’s on a sustainable path higher. Higher long-dated bond yields make future profits less valuable—and many tech companies are valued on the basis of profits forecast for many years in the future. The Securities and Exchange Board of India (Sebi) had carried out a similar exercise in 2017 in a matter related to circulation of messages through WhatsApp. In December 2021, Sebi officials had conducted a search and seizure operation at the premises of certain persons carrying out similar manipulative activities through Telegram channels. Friday’s performance was part of a larger shift. For the week, the Dow, S&P 500 and Nasdaq fell 2%, 2.9%, and 3.5%, respectively. "This time we received the coordinates of enemy vehicles marked 'V' in Kyiv region," it added.
from us

Telegram Ta'lim bering
FROM American