group-telegram.com/toshetk/49509
Last Update:
О‘ZARO HAMKORLIKNING NAVBATDAGI BOSQICH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
Kuni kecha Toshkentda boshlangan О‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) tomonidan о‘tkazilayotgan Investorlar kuni doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati hamda “Franklin Templeton” kompaniyasi vakillari о‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, Davlatimiz rahbarining Amerika Qо‘shma Shtatlariga qilgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan memorandumga asosan “Franklin Templeton” kompaniyasi О‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasini (UzNIF) о‘z boshqaruviga olgan. Bu esa kо‘plab xorijiy kompaniyalarda mamlakatimizdagi investitsiya imkoniyatlariga nisbatan yuqori ishonch hosil qilishga xizmat qildi.
Aytish о‘rinliki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” qarori asosan bugungi kunda mazkur kompaniya boshqaruvida bо‘lgan jamg‘arma ustav kapitalini shakllantirish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 40 foizlik ulushga ega.
Uchrashuv davomida hamkorlikning keyingi bosqichida investitsiya aktivlarida transformatsiya jarayonlarini faollashtirish, jumladan, kompaniyaning samaradorligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan texnologik tizimlarni joriy etish hamda Jamg‘arma aksiyalarini Toshkent va xalqaro, shu jumladan London fond birjalarida joylashtirish borasida olib borilayotgan ishlar masalalari muhokama qilindi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati





