Telegram Group »
Ukraine »
Guliston tumani xabarlari | Rasmiy kanal! »
Telegram Webview »
Post 28903
#Ochiq_muloqot
⚡️Terakzorda aholi muammolariga yechim izlandi
Aholining dolzarb muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida Guliston tumani hokimi O‘lmasjon Mamadaminov boshchiligida "Terakzor" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri, mahalla yettiligi vakillari, 15 nafar mahalla fuqarolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Suhbat davomida aholi tomonidan uy-joy ta’miri uchun subsidiya ajratish, eskirgan elektr tarmog‘i ustunlarini yangilash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit olish kabi masalalar ko‘tarildi. Hokim fuqarolarning har bir murojaatini tinglab, mas’ul tashkilot vakillari bilan joyida muhokama qildi. O‘rganish talab etiladigan muammolar yuzasidan maxsus ishchi guruh tuzilib, ular nazoratga olindi.
Muloqot yakunida namunali tomorqa egalarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Hokim tomorqachilikni kengaytirish va aholining daromad manbalarini oshirish bo‘yicha mahalla yettiligiga o‘z tavsiyalarini berdi. Bildirilgan murojaatlar asosida tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Mazkur uchrashuv "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak" tamoyili asosida tashkil etilib, mahalla aholisi uchun amaliy natijalarga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

👍6
group-telegram.com/gulistontumanipress/28903
Create:
Last Update:

BY Guliston tumani xabarlari | Rasmiy kanal!

Share with your friend now: