group-telegram.com/yoshlarovozi/6035
Create:
Last Update:
Last Update:
#dolzarb
Maktab bitiruvchilari bitiruv marosimlari uchun qancha pul sarflaydi? Bu savolga javob olish uchun bitiruvchilar bilan suhbatlashishga harakat qildik.
Samarqandlik bitiruvchi yigit – S. Y:
“Yoshim 19 da. O‘tgan yili maktabni bitirganman. So‘nggi qo‘ng‘iroqda taxminan 650-700 ming so‘m atrofida pul sarfladim. Bu pulga yangi kiyim, “Bitiruvchi” tasmasi, soch turmagi, sinf rahbarimizga sovg‘a va maktabni bezatish uchun bezaklar sotib olganman. Attestatni olganimizdan keyin sinfdoshlar bilan bitiruv bazmi qilishni rejalashtirganmiz. Bu uchun ham kamida 200 ming so‘m ketgan. Bazm bir sinfdoshimning uyida o‘tkazilgan. Agar biror joyni buyurtma qilganimizda ancha qimmatga tushardik”.
Toshkent viloyatida yashovchi bitiruvchi qizlardan biri – K. I:
“Yoshim 18 da. 11-sinfni bitiryapman. So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiriga bir oy tayyorlandik. Kechada bitiruvchi sinflar raqs tushadi. Biz maxsus raqs kursiga qatnashdik. Bir oy uchun umumiy 150 dollar to‘ladik. Albatta hamma ham qatnashmadi. Chunki ko‘pchilikning ota-onasi ortiqcha xarajatga qarshi bo‘lishdi. Yana qizlar bilan bir xil kiyinishni kelishdik va men bunga 600 ming so‘m sarfladim. Eng qiziq holatlardan biri go‘zallik salonida bo‘ladi. Chunki tadbir hamma maktablarda bir kunda va bir vaqtda o‘tkazilgani uchun salonda qizlar ko‘payib ketadi. Navbat juda katta. Mening navbatim kechasi soat 02:00 ga to‘g‘ri keldi. Uxlamasdan, dugonalarim bilan birga o‘sha yerga bordik. Pardoz va soch turmagi uchun 300 ming so‘m to‘ladim. Bundan tashqari, maktabni bezatish uchun, ustozimizga sovg‘a, “Bitiruvchi” tasmasiga ham 250 mingga yaqin pul sarflandi. Umumiy hisobda 1 milliondan ko‘proq pul ketdi. Bitiruv bazmi uchun joy band qilganmiz. Bunga 250 mingdan yig‘dik. Endi bazm uchun libos sotib olishim kerak”...
Batafsil: https://ua/yoshlarovozi.com.uz/oz/news/bitiruv
Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/ua/yoshlarovozi.com