Telegram Group & Telegram Channel
Jamoatchilik korrupsiya haqida xabar berishga qay darajada tayyor ekanini baholashga qaratilgan tadqiqot o‘tkazildi

Tadqiqot natijalariga ko‘ra:

- Jamoatchilik ko‘pincha korrupsiyani poraxo‘rlik va qarindosh-urug‘chilik deb tushunadi.

- 50 foizdan ortiq respondentga ko‘ra, korrupsiya — bu mansabni suiisteʼmol qilish va qarindosh-urug‘chilik, 40 foizdan kamrog‘i uchun esa qimmatbaho sovg‘alar berishdir.

- Aksariyat kishilar sovg‘a berishni korrupsiya emas, balki minnatdorchilik deb biladi.

- Pora olish (88,4 foiz) va pora berish (68,4 foiz) ko‘pchilik tomonidan qoralanadi, ammo yaxshi xizmat uchun kichik sovg‘alar odatiydek qabul qilinadi.

- Respondentlarning 74,0 foizi korrupsiya holatlari haqida xabar berishga, jumladan, 82,2 foizi elektron platforma yoki mobil ilova orqali xabar berishga tayyor.

- 12 foiz respondent korrupsiya haqida xabar berishni salbiy holat deb hisoblaydi.

- Xabar bermaslikning asosiy sabablari sifatida korrupsiyadan o‘zlari manfaatdorligi (19,8 foiz) va kimga murojaat qilishni bilmaslik (20,4 foiz) qayd etgan.

- Soʻralganlarning yarmi xabar berish oqibatlaridan qoʻrqadi, 13,8 foizi esa minnatdorchilik belgisi sifatida oʻzi xohlab pul berishini ta'kidladi.

- Respondentlarga ko'ra, “Suyunchi”, “to‘yona”, “rahmat” kabilar ham faqatgina minnatdorlik, hurmat va qo'llab-quvvatlash uchun ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi.

- 64 foiz respondent korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralarga ishonadi.

➡️Tadqiqotning to‘liq natijalari bilan bu yerda tanishing.

Ma'lumot o'rnida: Mazkur tadqiqot Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi, BMT Seul siyosat markazi va Yevropa Ittifoqi hamkorligida o‘tkazildi.

——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

group-telegram.com/antikor_uzb/3172
Create:
Last Update:

BY Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Share with your friend now:
group-telegram.com/antikor_uzb/3172

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

The picture was mixed overseas. Hong Kong’s Hang Seng Index fell 1.6%, under pressure from U.S. regulatory scrutiny on New York-listed Chinese companies. Stocks were more buoyant in Europe, where Frankfurt’s DAX surged 1.4%. On December 23rd, 2020, Pavel Durov posted to his channel that the company would need to start generating revenue. In early 2021, he added that any advertising on the platform would not use user data for targeting, and that it would be focused on “large one-to-many channels.” He pledged that ads would be “non-intrusive” and that most users would simply not notice any change. These administrators had built substantial positions in these scrips prior to the circulation of recommendations and offloaded their positions subsequent to rise in price of these scrips, making significant profits at the expense of unsuspecting investors, Sebi noted. Such instructions could actually endanger people — citizens receive air strike warnings via smartphone alerts.
from us

Telegram Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
FROM American