group-telegram.com/ferganasoliq/6946
Last Update:
#mulk_soligi #yer_soligi
✅ Soliq mobil ilovasida soliqlarni uydan chiqmasdan to'lang!
Jismoniy shaxslar 2025-yil uchun mol-mulk va yer solig‘ini masofadan turib to‘lashlari mumkin.
Hisoblangan summa “Mening soliqlarim” ➖ “Soliqlarni to‘lash” bo‘limida soliq to‘lovchilarga jami qancha to‘lashi zarurligini eslatish uchun “Yillik” sifatida onlayn aks ettiriladi, “Joriy ” ustunida esa 15-aprelgacha qarz miqdori ko‘rsatilmaydi.
❗️ Eslatib o‘tamiz, 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i summasi 15-aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘lanadi.
👉Soliq kodeksining 423-moddasi va 440-moddasi
"To'lov summasi" qatorida ko'rsatilgan summaga o'zgartirishlar kiritish va istalgan miqdordagi summani to'lash mumkin. To'lovdan oldin tizim qo'shimcha tasdiqlashni so'raydi.
Ilova foydalanuvchilari soliq qarzlarini avtomatik to'lash rejimini ham yoqishlari mumkin.
Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
BY Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
Share with your friend now:
group-telegram.com/ferganasoliq/6946