Bojxona qoʻmitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Andijon va Fargʻona viloyatlari bojxona boshqarmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda soxta tranzit operatsiyasiga chek qoʻyildi.
Joriy yilning 2-noyabr kuni Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “S.Najimov” chegara bojxona posti orqali 50 tonna oqshoq yaʼni sechka yuklangan 2 ta yuk avtotransport vositasi kirib keladi. Hujjatlarga koʻra, mazkur transport vositalari respublikamiz hududidan tranzit tarzida harakatlanib, Andijon viloyatidagi “Doʻstlik” chegara bojxona posti orqali qoʻshni davlatga oʻtib ketishi belgilangan edi.
Ammo, haydovchilarning belgilangan manzil qolib, Fargʻona viloyati Bogʻdod tumanidagi xususiy omborlardan biri sari harakatlangani bejiz emas ekan. Qarang-ki, mazkur ombor hududida yuk avtotransport vositalariga yuklangan 50 tonna oqshoq tirkamaga ilingan bojxona plombalariga ziyon yetkazilmagan holda tushirilib, sotib yuboriladi.
Soʻngra Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi omborlardan birida boʻshagan yuk avtotransport vositasiga bojxona stavkasi nisbatan yuqori boʻlgan 50 tonna ogʻirlikdagi mahalliy “lazer” navli guruch ortilayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan toʻxtatib qolindi.
Shunday qilib, respublika hududidan guruchni noqonuniy ravishda olib chiqishga qaratilgan soxta tranzit operatsiyasini amalga oshirish orqali yuk egalari davlat byudjetiga undiriladigan 500 mln. soʻmlik bojxona toʻlvolaridan qochishga urinishgan. Tezkor tadbir yakunida taxminiy qiymati 2,1 mlrd. soʻmlik 50 tonna guruch, 50 tonna oqshoq hamda 2 ta yuk avtotransport vositasi vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda holat yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, amaldagi tartiblarga binoan joriy yilning 1-iyulidan eʼtiboran republikamizdan olib chiqilayotgan guruch uchun 100 foizlik eksport boji joriy qilingan.
Natijada, oʻtgan 4 oy davomida Oʻzbekistondan qiymati 401,4 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi 762 tonnadan ziyod guruch AQSH, Saudiya Arabistoni, Ukraina, Qozogʻiston, Qirzigʻiston va Tojikistonga eksport qilingan. Davlat byudjetiga esa 4,2 mlrd soʻmdan ziyod eksport boji undirildi.

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifi o‘zaro hurmat va manfaatga asoslangan O‘zbekiston–AQSH munosabatlarining yangi qirralarini ochdi hamda hamkorlikni aniq loyiha va kelishuvlar bilan boyitdi.
—
Визит Президента Шавката Мирзиёева в Вашингтон открыл новые грани узбекско-американских отношений, основанных на взаимном уважении и выгоде, наполнил повестку сотрудничества конкретными проектами и договоренностями.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Samarqandda kasaba uyushmalari tashkil etilganligining 120 yilligi tantanali nishonlandi
Samarqand shahrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkil etilganligining 120 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda viloyatdagi kasaba uyushmasi faollari, mehnat faxriylari hamda turli sohalar vakillari ishtirok etdi.
****
В Самарканде отметили 120-летие профсоюзного движения Узбекистана
В Самарканде состоялось торжественное мероприятие, посвящённое 120-летию со дня основания профсоюзов Узбекистана. На празднике собрались активисты профсоюзных организаций, ветераны труда и представители различных сфер деятельности.

❤1
Samarqandlik bojxonachilar “Men donorman” aksiyasida faol ishtirok etishdi
Mamlakatimiz boʻylab qon zaxiralarini yaratish maqsadida begʻaraz donorlik aksiyasi boʻlib oʻtmoqda.
“Men donorman” aksiyasi doirasida Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi shaxsiy tarkibi ham faol ishtirok etdi.
Qon topshirishga kelgan xodimlar dastlab, malakali umumiy amaliyot shifokori koʻrigidan oʻtishdi.
Shundan soʻng aksiya davomida turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qon almashtirishga muhtoj bemorlarning hayotga qaytishlariga yordam berish, umidvor koʻngillariga malham boʻlish hamda sogʻayib ketishlariga hissa qoʻshishdek xayrli va savobli ishga bel bogʻlagan bojxonachilar ixtiyoriy ravishda qon topshirishdi.

👍6❤2
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Farmoni qabul qilindi.
🔰Hujjatda voyaga yetmaganlar va yoshlarimiz kelajagini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan har tomonlama asrash – barcha darajadagi davlat organlari, tashkilotlari va muassasalarining dolzarb vazifasi ekani alohida qayd etildi.
♻️Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi keskin kurashish faoliyatini amalga oshirishga masʼul davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi ustuvor vazifalari etib belgilandi:
✅a) taʼlim muassasalarida, oʻquvchi va talabalar orasida psixofaol moddalarning tarqalishiga batamom chek qoʻyish, yoshlarda giyohvandlik illatiga murosasiz munosabatni shakllantirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni kompleks ravishda amalga oshirish;
✅b) giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar (keyingi oʻrinlarda – giyohvandlik vositalari) noqonuniy aylanmasiga qatʼiy jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali barham berish, bu boradagi jazo choralarini keskin kuchaytirish hamda yoshlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uchun javobgarlikni ogʻirlashtirish;
✅v) giyohvandlik vositalarini respublika chegarasidan olib kirish yoʻnalishlarini, internet tarmoqlari orqali tarqatish harakatlarini, noqonuniy narkolaboratoriyalarni va narkojinoiy uyushmalarni, shu jumladan, ularga homiylik (rahnamolik) qilayotgan mansabdor shaxslarni aniqlash, ular faoliyatiga chek qoʻyish hamda jazo muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli tezkor-qidiruv va tergov faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
✅g) giyohvandlik vositalarini tayyorlash uchun foydalanish mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar (prekursorlar) aylanmasi ustidan qatʼiy davlat nazoratini oʻrnatish, giyohvandlik vositalaridan tibbiyotda foydalanuvchi tibbiyot muassasalari, farmatsevtika korxonalari va dorixonalarning faoliyatini nazorat qilish amaliyotiga raqamli yechimlarni joriy etish;
✅d) aholi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida giyohvandlik hamda zaharvandlikni tashxislash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni belgilash.

🔰Bosh prokuratura, Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bojxona qoʻmitasining quyidagi takliflari maʼqullandi:
✅a) uyushgan narkojinoyatchilikka jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali qarshi kurashish faoliyatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar” nomli alohida yangi boʻlim kiritiladi;
✅b) narkojinoyatlarning yangi shakllari, usullari va uyushganlik darajasidan kelib chiqib, quyidagi qilmishlar uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilashni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlik kiritiladi:
✔️ narkojinoiy uyushma tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash, shuningdek, giyohvandlik vositalarini uyushgan guruh tomonidan transchegaraviy usullarda yoki internet tarmogʻidan foydalanib oʻtkazish;
✔️ giyohvandlik vositalarini noqonuniy muomalaga kiritishga hokimiyat (mansab) vakolatlarini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan homiylik (rahnamolik) qilish yoki bunday jinoyatlar fosh boʻlishining oldini olish maqsadida xabar berish;
✔️ gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash;
✅v) giyohvandlik vositalarini jamoat joylarida isteʼmol qilganlik uchun oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosini qoʻllashni nazarda tutuvchi maʼmuriy javobgarlikni kiritish;
✅g) narkojinoyatlar sodir etilishi va qayta sodir etilishining oldini olish maqsadida quyidagi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik choralarini ikki baravargacha ogʻirlashtirish:
➡️I) giyohvandlik vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab koʻp miqdorda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, shuningdek, ularni noqonuniy ravishda koʻp miqdorda har qanday usulda oʻtkazish;
➡️II) kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni taʼlim tashkilotlarida, ozodlikdan mahrum qilish joylarida, internet tarmogʻidan foydalanib, xavfli yoki oʻta xavfli retsidivist tomonidan muomalaga kiritish, shuningdek, ularni koʻp miqdorda kontrabanda qilish;
➡️III) alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasini (oʻtkazish maqsadisiz) koʻp miqdorda va takroran sodir etish;
➡️IV) giyohvandlik vositalarini har qanday shaklda isteʼmol qilishga jalb etish odam oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlganda;
✅d) voyaga yetmaganlarni va yoshlarni narkojinoyatlardan himoya qilish maqsadida:
➡️I) har qanday narkojinoyatni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan yoki ularni jalb qilgan holda sodir etishni jinoiy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holati sifatida qayd etish;
➡️II) voyaga yetmagan shaxsni kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilishga jalb qilganlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlik belgilash;
➡️III) taʼlim tashkilotlari, talabalar yotoqxonalari, bolalar oromgohlarida yoki taʼlim tashkilotlariga tutash hududlarda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazganlik uchun jinoiy javobgarlik choralarini ikki baravargacha ogʻirlashtirish;
➡️IV) voyaga yetmagan shaxslarni kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni aynan taʼlim tashkilotlari, talabalar yotoqxonalari, bolalar oromgohlarida yoki ularga tutash hududlarda isteʼmol qilishga jalb qilganlik uchun oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlikni kiritish;
✅j) ayrim narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslarni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik tartibini joriy etish.

🔰Farmon bilan Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi tasdiqlandi. Dastur bilan BOJXONA QOʻMITASI MASʼULLIGIDAGI quyidagi TADBIRLAR belgilandi:
✅Chegara oʻtkazish punktlari va bojxona postlarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish.
➡️Chegara oʻtkazish punktlari va bojxona postlari uchun zamonaviy maxsus texnik vositalarni xarid qilish choralarini koʻrish.
➡️Chegara oʻtkazish punktlari va bojxona postlari xodimlarining xorijiy davlatlarning maxsus oʻquv muassasalarida malakasini oshirish.
✅Respublika hududiga giyohvandlik vositalarining kirib kelishi holatlarini barvaqt aniqlash mexanizmini takomillashtirish
➡️Giyohvandlik vositalarini “nazorat ostida yetkazib berish” tezkor-qidiruv tadbirini amalga oshiruvchi idoralararo normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish.
➡️Respublika hududiga kirib keladigan va tranzit yuklar, xalqaro pochta joʻnatmalari xususida qoʻshni va xorijiy davlatlar bilan dastlabki maʼlumotlar elektron almashinuvini yoʻlga qoʻyish.
➡️Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro qoʻmitasining maʼlumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatini yaratish choralarini koʻrish.

🔰Sanoat va tibbiyotda foydalaniladigan kimyoviy moddalarning sintetik narkotiklar, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni noqonuniy tayyorlash jarayoniga kirib borishining oldini olish maqsadida:
➡️ Oʻzbekistonda muomalasi cheklangan prekursorlar roʻyxatini xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda kengaytirish choralari koʻriladi hamda uni soddalashtirilgan tartibda tezkorlik bilan yangilab borish (toʻldirish) mexanizmlari joriy etiladi;
➡️ prekursorlarning qonuniy muomalasini tartibga solish hamda ular ishlab chiqarilishidan (xorijdan keltirilishidan) boshlab realizatsiya qilinishigacha (tranzit oʻtishi, mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish, sotish, saqlash, berish va boshqa) boʻlgan barcha jarayonlarni elektron nazorat qilish tizimini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi qatʼiy davlat nazorati oʻrnatiladi;
➡️Agentlikka Oʻzbekistonda prekursorlar muomalasi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish hamda ularning noqonuniy aylanmasi yuzasidan vakolatli huquq-tartibot organlariga tergovga qadar tekshiruvni oʻtkazish yuzasidan taqdimnoma kiritish huquqi beriladi;
➡️Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti va Bojxona qoʻmitasi Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tuzilmalarida, mavjud shtatlar doirasida, prekursorlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish boʻlimlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi
—
Праздничное поздравление Президента Республики Узбекистан работникам сферы здравоохранения
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Праздничное поздравление Президента Республики Узбекистан работникам сферы здравоохранения
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Samarkand Marathon" xalqaro xayriya yugurish marafoniga start berildi
Bugun Samarqand shahrida "Samarkand Marathon" xalqaro xayriya yugurish marafoniga start berildi.
Dastlab, Registon maydonida “KIDS RUN” yo‘nalishida 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida poygalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, skandinavcha yurish musobaqalari o‘tkazildi.
Ertaga, 9 noyabr kuni marafonning asosiy bellashuvlarida 40 ga yaqin davlatdan 8 ming nafardan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Bellashuvlarda ishtirokchilar 5, 10, 21.1, 42.2 kilometr masofalarni bosib o‘tadi. 42.2 kilometrlik bellashuv uchun homiylar tomonidan pul mukofoti ta’sis etilgan bo‘lib, birinchi o‘ringa 30 million so‘m, ikkinchi o‘ringa 25 million so‘m va uchinchi o‘rin uchun 20 million so‘m beriladi.
Marafon doirasida turli yosh toifasida va imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida ham poygalar tashkil etiladi.