group-telegram.com/yi_namdu/14585
Create:
Last Update:
Last Update:
#Gullar_fest
#Taqdirlov
#Dolzarb90kun
Namanganda 64-Xalqaro Gullar festivali yakuniy qismi: faol ishtirokchilar taqdirlandi.
Namangan shahrida 50 kun davomida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan 64-Xalqaro Gullar festivalining yopilish tadbiri doirasida faol ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu festival yillar davomida nafaqat hudud miqyosida, balki xalqaro darajada ham Namanganning ijobiy imidjini shakllantirishda muhim o‘rin tutib kelmoqda.
Taqdirlash marosimida Gullar festivalida faol qatnashib, tashkilotchilik va volontyorlik ishlari orqali festivalning yuqori saviyada o‘tishiga munosib hissa qo‘shgan Namangan davlat universitetining 20 dan ziyod talabalari hamda o‘qituvchilari rag‘batlantirildi.
Mazkur tashabbus yoshlarda estetik did, ijtimoiy faollik va jamoaviy mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning festival davomida mehmonlarni kutib olish, axborot berish va tartibni saqlashdagi faol ishtiroki e’tirofga loyiq bo‘ldi.
Ushbu taqdirlov marosimi Gullar festivali yakuniga xos bo‘lgan iliq muhitda, faol ishtirokchilarni rag‘batlantirish orqali ularning kelgusidagi faoliyatlariga ilhom bag‘ishladi.
🔘
Bizni rasmiy sahifamizda kuzatib boring: