group-telegram.com/mehrnoz_abbos/134
Last Update:
#Tanishing
#Tabriklaymiz
“Iste’dodli qizlar uchun ta’lim granti”ning sohibasi
Nafisa bus-butun shoir ekan. She’rlarini o’qib, dengizdan marvarid topgandek xursand bo’ldim. Tuyg’ulari ismidek nafis. Muhimi, satrlarida zo’rakilik, soxtalik yo’q. Muhimi, SO’Zni ich-chidan his qolib yozyapti. Buxoriy pirlarning ruhi hamroh bo’lsin singlimga. Bizga esa yangi nom muborak!
"Avvalim
Oxirim,oxirim.
Ko‘ksimga muhabbat o‘qlarin
Bexato qadagan mohirim..."
Xonzodabegim Jamalova
1
Quyginay
Jomlardan to‘kilsin
Toshgani ishqimiz yurakdan
Qo‘yginay
Shomlarim o‘kinsin
Qo‘shgani taqdirim keraksan
Qisirlab
Sinadi ko‘zkosam
Diydamni teshadi yoshlari
Hislarim
Kezadi sarosar
Siyratim eshila boshladi
Nifoq ko‘p
Hazillar arzimas
Yashamni maydalab hazmla
Taloto‘p
Kulfatim arimas
Bo‘g‘zimni yutaman qismlab
To bugun
G‘aflatni yondirib
Kirmasang yurakdan ichkari
Bus-butun
Tanimni qoldirib
Sensiz jondan bo‘lsin kechganim!
2
Mahkumman
Qamalgan botinim
Mahkamman
Qimirlay botinib
Keng samo
Tor ko‘ngil ko‘chasi
Kelsam-u
Sen qo‘ysang chiqazib
Ne holim
Ichimda xavotir
Niholim
Qonimga g‘am botir
Qo‘ymading
Qayg‘uga qo‘shniman
Kuymanib
O‘zimga o‘xshamay
Qoyilman
Ayirding Ka‘bamdan
Qolibman
Yop-yolg‘iz kapamda
✍️Nafisa Abdurahmonova
Buxoro viloyati Kogon tumanida tug’ilgan.
O’zbekiston Milliy universiteti talabasi.
@Mehrnoz_abbos
BY zouᴉɹɥǝW

Share with your friend now:
group-telegram.com/mehrnoz_abbos/134